Ta’lim muassasasi talabasi 30 pora Qur’oni karimni bir kunda to’liq yoddan o’qib berdi.
Namangan shahar “Hidoya” ta’lim muassasasi 4-kurs talabasi Jahongir qori Mehmonov 30 pora Qur’oni karimni bir kunda bir o’tirishda to’liq yoddan o’qib, qori ustozlari huzurida xatm qildi. Bomdod namozidan keyin boshlangan tilovat asr namoziga qadar davom etdi. 9 soat mobaynida Qur’oni karim boshidan oxirigacha to’liq o’qildi. Bu jarayonda “Hidoya” ta’lim muassasasi ustozlari Kalimulloh domla, Abdussamad domla, Abdulmajid domla, Yusufxon domla hamda Rivojiddin domlalar hamrohlik qilib, Jahongirning o’qishini nazorat qilishdi. Xatm so’ngida ustozlar tomonidan duolar qilinib yaxshi tilaklar bildirildi.




Bu yil 4-kursga o’tgan Jahongir o’qishga qabul qilingan paytda Qur’oni karimdan faqat 3 porasini yodlagan xolatda bo’lgan. Shundan keyin 2 yil mobaynida 30 parani to’liq bir sidirg’a yodlab tugatadi. 3-kursda esa 30 porani takror qilishni boshlagan va 3-kurs oxiriga borib yoddan to’liq topshira olish ko’nikmasini xosil qilgan. 4-kurs boshida esa ushbu jarayonni ustozlar ko’z o’ngida amalga oshirib, hifzini imtihondan o’tkazdi. Bu holatga yetish albatta tinimsiz mehnat, katta sabr va oliy maqsadni talab etadi. Jahongir bu yo’lda astoydil tirishdi, jiddu-jahd qildi. Madrasaga kelganda diniy bilimlar u yoqda tursin arab tilini ham bilmagan holatda kelgan. Shunga qaramay u ikki yo’nalishda-diniy bilimlar va Qur’onni yodalshga-astoydil maqsad qo’ydi. Negaki madrasaning har kunlik darslari, vazifalari bilan bir qatorda Qur’oni karimni ham yodlash juda katta mehnat talab etadi. U bu qiyinchiliklarni yengib o’tib, katta natijani qo’lga kiritdi va ulkan sharafli ishni uddasidan chiqdi. Qur’oni karim bilan birga boshqa fanlarni ham a’lo baholarga o’zlashtirdi.





Buni munosib taqdirlash maqsadida Jahongirga ustozlar tomonidan kompyuter sovg’a qilindi. taqdirlash ta’lim muassasa barcha talab ava ustozlari ko’z o’ngida topshirildi-ki qolgan talabalar ham Jahongirdan o’rnak olishi uchun.



Jahongir 30 pora Qur’oni karimni bir o’tirishda yodlab bergan ikkinchi talaba bo’ldi. Dastlab bu ishni amalga oshirgan talaba esa xozirda 4-kursda o’qiyotgan Muhammadyusuf qori Abdulvohidov bo’lib, u 2-kursni bitirayotgan paytda bunday sharafga sazovor bo’lgan. Natijada Muftiy Nuriddin domla Xoliqnazar xazratlari tomonlaridan bir yillik shartnoma to’lovi bilan taqdirlangan edi. Kelajakda bu ikki qoriga o’xshagan Qur’oni karimni puxta yodlagan talabalar yanada ko’payishini so’rab qolamiz. Zero, niyat va amal xolis bo’lsa inson albatta maqsadga erishadi.
Yusufxon Shodiyev
“Hidoya” o'rta maxsus islom ta’lim muassasasi
Qur’oni karim va tajvid fani o’qituvchisi