“Millatlararo totuvlik — yurt taraqqiyotining mustahkam poydevori”
Kecha 14-noyabr kuni “Hidoya” o‘rta maxsusislom ta’lim muassasasi talabalari bilan Namangandagi “Do‘stlik uyi”ga tashrif buyurildi.
Tadbir “Millatlararo totuvlik — yurt taraqqiyotining mustahkam poydevori” mavzusida tashkil etildi. Tadbirning maqsadi talabalarning turli millat va elat vakillari bilan tanishuvi, O‘zbekiston hududida yashovchi xalqlarning urf-odatlari, qadriyatlari va madaniyati haqida yanada kengroq tasavvur berish, millatlararo bag‘rikenglik, totuvlik va hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash, “Do‘stlik uyi” faoliyati, undagi milliy madaniyat markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish bo‘ldi.





Tashrif davomida talabalar “Do‘stlik uyi” binosida joylashgan turli xalqlarga oid eksponatlar, xonalarda rus xalqining an’anaviy qo‘g‘irchoqlari — matryoshkalar, milliyqo‘l mehnati buyumlari, rang-barang idishlar va xalqona naqshlar bilan tanishdilar. Shu bilan birga, rus millatining milliy liboslarini kiygan ayol talabalarga ularning an’anaviy madaniyati, qadimiy urf-odatlari vaxalq og‘zaki ijodi namunasini tanishtirib berdi. U kishi rus xalqining milliy kiyimlari, qo‘g‘irchoq san’ati, an’anaviy oilaviy marosimlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi va amaliyotiy ko‘rsatmalar ham taqdim qildi. Talabalar esa o‘z navbatida qo‘l mehnati buyumlarini qo‘llariga olib, ularning yaratilish jarayoni va tarixini o‘rganishdi. Rus xalq cholg‘ularining maketlari, matryoshka qo‘g‘irchoqlari, milliy naqshli qutichalar va bezak buyumlari yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Mazkur tashrif talabalarda millatlararo do‘stlikning ahamiyatini chuqurroq anglash, boshqa millatlarning urf-odatlari vaqadriyatlariga hurmat bilan qarash, bag‘rikenglik vatotuvlik tushunchalarini mustahkamlashga xizmat qildi.





Shuningdek, tadbir davomida “Bizning qudratimiz — do‘stligimizda!” shiori yana bir bor amaliy jihatdan namoyon bo‘ldi.
Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati