Яратилиш санаси 15.11.2025

TA’LIM MUASSASASIDA NAVBATDAGI MUDARRISLAR KЕNGASHI BO‘LIB O‘TDI

Bugun 15 noyabr kuni "Hidoya" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida navbatdagi "Mudarrislar kengashi" o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda muassasa direktori Q. Mirzabayev, Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari A. Masmusayev, O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i A. Tursunov, bo‘lim boshliqlari, o‘qituvchi va xodimlari ishtirok etdilar.


Mazkur Kengash yig‘ilishida o‘quv yili davomida ta’lim muassasasi ilmiy salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar, ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash, o‘quv intizomini mustahkamlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama qilindi va belgilab olingan vazifalar eslatib oʻtildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar oʻquv yili davomida o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot va boshqa masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Ta’lim muassasasi Matbuot xizmati