Яратилиш санаси 19.11.2025

Oktyabr oyi kitobxonlari taqdirlandi

Sir emaski kitob inson ma’naviyatini yuksaltiruvchi eng katta omildir. Shu sababli doimo mutolaa bilan mashg’ul bo’lish kishida ulkan foydalar sari yo’l ochadi. Natijada fikri teranlashadi, dunyoqarashi kengayadi. Bunga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilishi muhimlikni yanada oshiradi. Prezidentimiz Shavkat Miromonovichning “Yoshlarni kitob bilan hamnafas bo’lib yashashi” ga undashlari kelajak sari qo’yilgan muhim qadamdir. Ana shularni inobatga olib, yoshlarni bo’sh vaqtidan unumli foydalanish maqsadida “Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2025-yil oktyabr oyidan arab tilida darslikdan tashqari qo’shimcha kitob o’qish bo’yicha musobaqa bu o’quv yilgi bosqichi boshlandi.

Bu musobaqa bir necha yildan beri o’tkazib kelinib, o’z samarasini berib kelmoqda. Musobaqada hech qanday qiyin shartlar qo’yilmadi. Balki, ko’proq kitob o’qishlikka undaldi. Bunda 1-kursdan 4-kursgacha hamma talabalar bu vazifani bajara olishi asosiy maqsad qilib qo’yildi-ki bu barchani birdek qamrab olishga xizmat qilsin. Buning foydali jihati: 1)lug’at boyligi ko’payadi, 2)arabiy so’zlarni talaffuzi yengillashadi, 3)kitob o’qishga qiziqishni oshiradi, 4)mutolaa qilish malakasi xosil bo’lishi kabi bir nechta manfaatlari bor. Bu jihat o’z mevasini berib, 1-kurs talabalari ham munosib tarzda ishtirok etishdi.

Musobaqa shartiga ko’ra, oson bo’lishi uchun qancha miqdorda o’qishi oldindan besh bet qilib bu oy uchun belgilab berilgan bo’lib, lekin belgilangan vazifadan ko’proq kitob o’qigan talabalar ham ko’pchilikni tashkil etdi. O’quvchilarning bu mehnatini qadrlash maqsadida ularni ham noan’anaviy tazrda hisobga kiritib, taqdirlashni lozim topdikki, toki boshqalar ham yuqoriga qarab intilsin.

Bundan tashqari o’zbek tilidagi ilmiy va badiiy adabiyotlarni ham o’qishlarini ta’minlash maqsadida 4-kurslar orasida ham musobaqa tashkil etildi. Unda asosan bitiruvchi kurslar yanada ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lishi va nutqi ravon bo’lishi e’tiborga olindi. Bu yo’nalishda esa har kuni 20 bet kitob o’qish vazifa etib belgilandi.

Bu oydagi musobaqada jami 32 nafar talaba qatnashdi. Umumiy natijalarni hisoblaganda 8 nafar talaba berilgan vazifani to’liq bajarishdi. Lekin, bular orasidan bir nafar g’olibni aniqlash talab etilar edi. Shunga ko’ra ta’lim muassasa 3-kurs 54-guruh talabasi Jomoliddinov Shohijaxon oktyabr oyida belgilangan betlarni har kuni uzluksiz bajarish bilan birga hammadan avval tugatgani uchun g’oliblikni qo’lga kiritdi. Bu borada natijalar quyidagicha:

  1. Jomoliddinov Shohijaxon 3-kurs 54-guruh-31 kun
  2. Sobirjonov Sodiqjon 3-kurs 54-guruh-31 kun
  3. Xoshimov Abdulhay 3-kurs 55-guruh-31 kun
  4. Is’hoqov Abdulahad 3-kurs 54-guruh-31 kun
  5. Munavvarov Ahror 2-kurs 57-guruh-31 kun
  6. Abdumuttaliyev Suxrob 4-kurs 51-guruh-31 kun
  7. Sattorov Ma’rufjon 3-kurs 54-guruh-31 kun
  8. Tojimirzayev Samandar 2-kurs 56-guruh-31 kun
  9. Ergashev Shermuhammad 3-kurs 55-guruh-30 kun

Qo’shimcha tarzda hisoblaganda ko’p kitob tugatib, eng ko’p bet kitob mutolaa qilgan talaba esa 4-kurs 51-guruh talabasi Abdulvohidov Muhammadyusuf bo’ldi. Bu borada kuchli beshlik quyidagicha:

  1. Abdulvohidov Muhammadyusuf 4-kurs 51-guruh
  2. Tojimirzayev Samandar 2-kurs 56-guruh 
  3. Munavvarov Ahror 2-kurs 57-guruh
  4. Abdumuttaliyev Suxrob 4-kurs 51-guruh
  5. Yusufxonov Saida’zam 1-kurs 59-guruh

O’zbek tilidagi adabiyotlarni o’qigan talabalar ichida jami hisoblaganda eng ko’p kitob mutolaa qilgan talaba 4-kurs 51-guruh talabasi G’ofurov Shohrux g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Guruhlar kesimida hisoblaganda esa eng ko’p ishtirokchi 3-kurs 54-guruh talabalari bo’lib, bu borada peshqadamlikni qo’lga kiritishdi. G’oliblar homiylarni jalb etgan holda kitoblar va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Musobaqa har oy tashkil etilib, yil davomida g’oliblar aniqlab boriladi. Yil oxirida esa umumiy g’olib nomi e’lon qilinadi.

Yusufxon Shodiyev

“Hidoya” o’rta maxsus islom 
ta’lim muassasasi o’qituvchisi