Яратилиш санаси 20.11.2025

Ta’lim muassasasida ochiq dars bo‘lib o‘tdi...

"Hidoya" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida noyabr oyi “Hadis, Mustalahul hadis hamda Davlat va din munosabatlari” fani oyligi deb e’lon qilingani munosabati bilan Mustalahul hadis fani o‘qituvchisi Isoqjonov Muhammad Ibrohim 3-kurs 54- guruh talabalariga "Mustalahul hadis" fanidan “Sahih hadis” mavzusida ochiq dars o‘tdi.

▫️ Ta’lim muassasasi o‘quv bo'limi boshlig'i A.Tursunov, hamda ta’lim muassasasining tajribali va yosh ustozlari ochiq darsni kuzatib, tahlil qildilar. 

▫️Dars interfaol, zamonaviy uslub va metodlar asosida bo‘lib o‘tdi.

Ta’lim muassasasi matbuot xizmati