“Hidoya”o‘rta maxsus islom bilim yurtida “Odob-axloq –– insonning ziynati” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi
Joriy 2021 yil 16-oktyabr kuni bilim yurtida bilim yurti talabalari ishtirokida “Odob-axloq –– insonning ziynati” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni bilim yurti ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha mudir o‘rinbosari Rivojiddin Nasritinov ochib, bugungi tashkil etilgan tadbirni maqsadi va mazmun mohiyati haqida so‘z yuritib, kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zni bilim yurti mudiri A.Bobamirzayevga berdi.
Notiq o’z so’zida quyidagilarni eslatib o’tib, O‘MI ning 01 11 2019 yil 01A/171-sonli buyrug‘i, bilim yurti mudarrislar kengashining 14.12. 2019 yil yig‘ilish qarori, hamda 2019 yil 28 dekabr 01A/141-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan “O‘MI ning tasarrufidagi diniy ta’lim muassasalari odob-ahloq qoidalari” ning VII -bandi talabalarning odob-ahloqqa oid majburiyatlari:
- turli davralarda o‘zining namunaviy xulqi va bilimi bilan ta’lim muassasasi haqida yuksak ijobiy taassurot hosil qilishga intilish;
- doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash;
- ta’lim muassasasi manfaati, uning sha’ni va shonli an’analari, obro‘si hamda nufuzi to‘g‘risida qayg‘urish, ularni saqlab qolishga jonkuyarlik qilish hamda ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish belgilangan. Bugun 39-guruh talabasi Maxmudov Sobitxon Akmalxon o‘g‘lining talabalikka mos kelmaydigan harakati yuqorida aytib o‘tilgan mezonlarga mos kelmaydi. Maxmudov Sobitxon va uning otasi bugungi pedogogik kengashda ishtirok etishdi. Sobitxon Maxmudovning noqununiy ravishda uylanib FXDYO organlaridan rasmiy ravishda o‘tmay shar’iy nikox o‘qitgan va yashab kelayotganini o‘zi ham uning otasi ham ma’qulladi.
Bugungi pedogogik kengashda ishtirok etganlar bilim yurtidagi “odob-ahloq”ga rioya etishini ta’minlash bo‘yicha tuzilgan komissiya a’zolari tomoni bilim yurti talabalarining bunday xatti harakati qoralandi hamda talabalikka nomunosib deb topildi.
Tadbir davomida so’z olgan bilim yurti ma’naviy-ma’rifiy maslalar bo’yicha mudr o’rinbosari R.Nasritdinov aytilgan masalalar to’g’risida o’z fikrlarini bildirdi.
Tadbir so’ngida talabalardan 4-kurs 39-guruh talabasi Sodiqjanov Ahmadulloh kursdoshi to’g’risida so’z yuritib bu qilgan ishi kelajakda insonlarga yo’lboshchi bo’ladigan insonga xos bo’lmagan ish ekanligi va bu ishi bilan madrasa sha’niga kata bir dog’ ekanligigni aytib o’tib, bunday talabalar madrasada bo’lmasligini ta’kidlab o’tdi.
Bilim yurti matbuot xizmati