Яратилиш санаси 12.12.2025

Saodat davrida vaqf

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlaridan boshlab va shu kungacha musulmonlar savobli ishlarga, toat-ibodatlarga yuz tutdilar. Vaqf musulmonlar uchun yaxshilik qilishning eng muhim va foydali usullaridan biri edi. Vaqf bizning sivilizatsiyamiz tarixida barcha xayriya muassasalari uning ustiga barpo etilgan tamal toshidir. Bu islom jamiyatlarining qayta tiklanishiga hissa qo‘shdi, bu ajoyib uyg‘onish davri bo‘lib, Islom sivilizatsiyasi tarixi va falsafasi haqida tafakkur qiluvchi kishiislomiy vaqflarning paydo bo‘lishi va mavjudligining asl mohiyatini hamda ularning Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlaridan boshlab to bugungi kunimizgacha to‘xtovsizligini davom etib kelayotgani xolis e’tibor qaratgudek bo‘lsa, albatta, hayratdan yoqa ushlaydi. Ayonki, vaqf tartiboti Islomiy svilizatsiyasining sof o‘ziga xos ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, boshqa zamonaviy madaniyatlarda uning xususiyatlarga o‘xshash ko‘rinishlar topilmaydi. 

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam vaqfni barcha musulmonlar va oilalari uchun uchun belgilab qo‘yganlar. Islomdagi birinchi vaqf sadaqasi Muxayriq yerlari bo‘lgan. 

Ibn Sa’d “Toboqot”larida keltiradilar: “Muhammad ibn Ka’b aytadilar: “Rasululloh sallollohu alayhi va sallam davrlarida o‘ralish Madinaning yetti devori: a’vof, Sofiya, Dalal, Maysab, Burqa, Husna, Mashraba ummi Ibrohim bilan bo‘lar edi”. Ibn Ka’b yana aytadilar: “Musulmonlar undan keyin bolalarini va bolalarining bolalalrini ushlar edilar”. Ibn Sa’d “Toboqotul kubro”.

 Sahobalar ham Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga ergashib U zotning tiriklik chog‘larida ham, keyin ham bu ishni davom ettirdilar. Ana shunday sahobalar qatoriga Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Tolha ibn Ubaydulloh, Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhumlar kirar edilar. Bu vaqflardan kelgan daromad yaxshilik yo‘llarida sarf qilinar edi. 

 Ularning biri Umar ibn Xattob roziyallohu anhu hisoblanadilar. U zot vaqf qilgan mulklaridan kelgan daromad kambag‘allarga, qul ozod qilishga, qarindoshlarga, Alloh yo‘liga, mehmonlarga, safardagi kishilarga sarflanishini, bu ishlarningboshida turgan kishi undan yaxshilik ila yesa yoki do‘stiga mulk qilib bermay yedirsa, hech bir gunoh yo‘q dedilar. 

Vaqf masalasi, Islomiy Davlatning bunga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvisiz, ularga munosib bo‘lganlar yoki vaqf shartlarida ko‘rsatilganiga ko‘ra vaqf nazoratchilarining qo‘lida qoldi. Umaviy qozi Tavba ibn Nimr Hadramiy Hishom ibn Abd Malik davrida Misr qozilikka saylandi. U vaqfning Podshoh oilasi va vaqf nazoratchilari o‘rtasida qo‘lma-qo‘l bo‘layotganini ko‘rgach, o‘zini unga rahbar qilishga qaror qildi. Vaqfning buzulishidan yoki vaqf qilish shartlaridan chetga chiqishidan asrash uchun shunday ishga qo‘l urdi. Vaqflar qozi nazorati ostida ularning ishlarini yuritish va nazorat qilish uchun mustaqil idoraga ega bo‘lmaguncha kurashdi. Garchi bu tartib Misrda boʻlgan tugallangan bo‘lsa-da, qolgan islomiy mamlakatlarda bu tizimning birinchi ishga tushirilganini kuzatish mumkin. Shunday qilib, vaqf unga g‘amxo‘rlik qiladigan va uning shartlarini amalga oshiruvchi qozilarning nazoratiga bo‘ysunishda davom etdi.Ammo vaqf qiluvchi kishi shart qilgan nazoratchi bo‘lsa, u qozidan, yo‘nalish olib ishlagan. 

Bu hol hijriy IV asrning birinchi yarmigacha davom etdi, ya’ni vaqflar o‘z ishlarini nazorat qiluvchi va tartibga soluvchi mustaqil “mutavalli”larga ega bo‘ldilar. Bu vaqflarning mustaqil devonga ega bo‘lishiga sabab bo‘ldi va bu idora yangi bo‘lishiga qaramay, uning raisi tezda davlatdagi katta ahamyatga ega kishilardan biriga aylandi. Toki uning mavqei Misrdagi bosh qozilikdan ham oshib ketdi. 

Agar sultonni tabriklanadigan biror bir bayram bo‘lsa, qoziyul quzzot sultonning eshigi oldiga o‘z odamini jo‘natar edi. Uning yuborgan kishisi toki “Vaqf” devoni sohibi sultonning oldiga kelib, uni tabriklab, qaytib ketgunicha kutib turar hamda u ketgandan so‘ng qoziyu quzzotga buning xabarini berar edi. Shundan so‘ng qozi sultonni tabriklash uchun yo‘lga otlanar edi. Usmon ibn Ibrohim Nobulusiy buning sababi borasida: “Ular ikkovlari sultonning saroyida tasodifan uchrashib qolishlardan qo‘rqqanlari uchun shunday qilar edilar”, deya zikr qilgan. “Vaqf” devoni sohibi sultonning o‘ng tarafida o‘tirar edi. Bu ham uning mansabi davlat siyosatida qanchalar katta ahamyatga ega bo‘lganligini anglatadi. Maqriziyning yozishicha, unda juda ham mashhur bo‘lgan yozuvchilar xizmat qilgan va idora tizimi ham boshqalariga qaraganda uzluksiz ishlagan.

Isoqjonov Muhammad Ibrohim

ta'lim muassasasi o'qituvchisi