“Ey bandalarim…”
2025-yil 11-dekabr kuni “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Ey bandalarim…” asari asosida talabalar o‘rtasida savol-javob musobaqasi o‘tkazildi.







Ushbu tadbirni ta’lim muassasasida amaliyot o‘tayotgan amaliyotchilar tashabbusi va tashkilotchiligi bilan amalga oshirildi. Musobaqada talabalar asar mazmun-mohiyati, undagi g‘oyalar, hikmatlar va ma’naviy masalalar bo‘yicha bellashdilar. Tadbirda ta’lim muassasasining o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari ishtirok etdi.








Bellashuvda ta’lim muassasasining har bir guruh talabalaridan vakillar qatnashib, jami 16 nafar ishtirokchi ishtirok etdi. Bellashuv savol-javob asosida o‘tkazildi. Ishtirokchilarga tayyorlangan savollar berilib, ularga javob berish uchun 1 daqiqa tayyorgarlik va 1 daqiqa javob berish vaqti ajratildi. Bellashuvda ta’lim muassasasi ustozlaridan iborat bo‘lgan hakamlar hay’ati ishtirokchilarni baholab, g‘oliblarni aniqladilar.




Natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin “Termiziy avlodlari” jamoasi – 13.8 ball,
2-o‘rin “Yosh muhaddislar” jamoasi 10.6 ball,
3-o‘rin “Buxoriy izdoshlari” jamoasi 8.4 ball g‘olib deb topildi.
Musobaqa so‘ ngida ta’lim muassasasi ma’naviy-marifiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Rivojiddin domla Nasriddinov g‘oliblarni qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi hamda tadbirni tashkil etganlar va ishtirok etganlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. U o‘z nutqida kelgusida ham bunday musobaqalarni muntazam o‘tkazib borish muhimligini qayd etdi.
Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati