Яратилиш санаси 15.12.2025

Usmonli xalifaligi davrida vaqf tushunchasi

 

Usmonli xalifaligi davrida yangi vaqf tizimi ishlab chiqildi. Bu nizom ichida turli yer turlari, “musaqqofat”, “mustag‘illatul vaqfiyya” kabi turli muomalalarni o‘z ichiga olgan. Ushbu bo‘linishlarning aksariyati bugungi kungacha ko‘plab arab mamlakatlarida amal qiladi. Usmonli xalifaligi tomonidan chiqarilgan vaqflar bilan bog‘liq bo‘lgan qoidalar orasida hokimiyatning rahbarlik tizimi deb nomlanuvchi tizim mavjud bo‘lib, unga ko‘ra u xayriya vaqflarida ishlarni qanday boshqarishni va vaqfni egallashga nomzodlar uchun o‘tkaziladigan sinovlarni tashkil qiladi. Shuningdek, imomlik, voizlik, azon aytish kabi diniy lavozimlarga nomzodlar uchun imtihonlar o‘tkazishni o‘z ichiga oladi va shu tariqa tartib va ​​qonunlar davom ettiriladi. Shunday qilib, vaqfga oid tartib-qoidalar va qonunlar Usmonli xalifaligidan to hozirgi kungacha dunyo davlatlarida davom etib, vaqf o‘zining maxsus vazirligiga ega tashkilotga aylangan.

Vaqf barcha muhim madaniy jihatlarni o‘z ichiga olgan. Yirik masjidlar, kutubxonalar, kasalxonalar, favvoralar, quduqlar, hammomlar, maktablar barpo etish bilan turli darajadagi islom jamoatchiligining barcha talablariga labbay deb javob berar edi.

Diniy miqyosda vaqfning inkor etib bo‘lmaydigan o‘rni borligini bildik. Barcha islomiy mamlakatlarda mavjud bo‘lgan minglab masjidlar aslida vaqf ob’ektlari bo‘lib, egalari o‘z vaqflaridan yaxshilik va savob istashgan.

Vaqf qiluvchilarning maqsadlarini ro‘yobga chiqarish va islom ummatining ilmiy jihatdan mavqeini oshirish uchun ilmiy darajada biz yuzlab madrasalarning tolibi ilmlari uchun vaqf qilinganini bildik. Ilmiy vaqf sunnatini qayta tiklagan mashhur sultonlardan biri Sulton Salohiddin Ayyubiy rahimahulloh hisoblanadi. Uning Misrdagi eng muhim vaqflaridan biri Qohirada Imom Husayn ibn Ali roziyallohu anhuga tegishli bo‘lgan voqea joyiga yaqin joyda maktab qurdirdi va buni vaqf qildi. Misrliklarning xodimi, Saidus Suadoning xovlisiga g‘aribxona qurdi va uni ham qildi. Abbos ibn Salorning uyini hanafiylar uchun madrasa sifatida vaqf qildi. Misrdagi Zaynun Najjor nomi bilan mashhur madrasani ham shofiiylar uchun vaqf qildi. Shuningdek, u tomonidan Misrda Molikiylar uchun ham madrasa vaqf qilingan.

Ijtimoiy miqyosda biz yo‘llar, robotlar va takalar (musofirxona, so‘fiylar uchun joy) kabi kambag‘al va muhtojlar uchun mo‘ljallangan va o‘sha gullab-yashnagan davrlarda ijtimoiy birdamlikka eng katta ta’sir ko‘rsatgan boshqa vaqflarni topdik. Amir Nuriddin Mahmud Halabda va boshqa barcha islomiy mamlakatlarda kasallar, zaiflar va yetimlarga vaqflar ajratganini, Makkada esa Haramush sharifning yonidagi katta bog‘ kambag‘al va muhtojlarga, Payg‘ambar sallollohu alayhi va sallamni ziyorat qilish uchun kelganlarga atab Masjidi-Haram xizmatkorlarining shayxi, shayx Azizud Davla Rayhon Nado Shihobiy tomonidan vaqf qilinganini ko‘rishimiz mumkin. Bu hijriy 697-yilga to‘g‘ri keladi.

Podshohlar, sultonlar, boylar va xayr-ehsonchilarning musulmonlarning ijtimoiy jihatlariga xizmat qilishi uchun vaqf qilishga haris bo‘lganlarini ko‘rsatadigan yana bir narsa, Mamluk sultoni Zohir Barquq yetimlar Qur’on o‘qishi uchun tog‘ qal’asida bunyod qilgan vaqf mulkidir. Bu joy Misr, Shom va uning hukumatiga bo‘ysunadigan barcha mamlakatlarni boshqaradigan qasr hisoblangan.

Isoqjonov Muhammad Ibrohim

Ta'lim muassasasi oʻqituvchisi