Noyabr oyi kitobxonlari taqdirlandi
“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2025-yil oktyabr oyidan arab tilida darslikdan tashqari qo’shimcha kitob o’qish bo’yicha musobaqa bu o’quv yilgi bosqichi boshlangan edi. Bu tanlov noyabr oyida ham davom etdi.
Musobaqa shartiga ko’ra noyabr oyida har kuni qo’shimcha tarzda yetti bet arabiy kitob o’qish vazifa qilib belgilandi.Shu bilan kifoyalanib qolmay vazifadan tashqari ko’proq kitob mutolaa qilgan talabalar ham ko’pchilikni tashkil etdi. O’quvchilarning bu mehnatini qadrlash maqsadida ularni ham noan’anaviy tazrda taqdirlashni lozim topdik. Bundan ilhomlanib boshqalar ham intilishi va g’oliblar ko’proq bo’lishi nazarda tutildi.
Bundan tashqari o’zbek tilidagi ilmiy va badiiy adabiyotlarni ham talabalar o’qishlarini ta’minlash maqsadida 4-kurslar orasida ham musobaqa tashkil etildi. Unda asosan bitiruvchi kurslar yanada ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lishi va nutqi ravon bo’lishi e’tiborga olindi. Bu yo’nalishda esa har kuni 22 bet kitob o’qish vazifa etib belgilandi.




Bu oydagi musobaqada jami 18 nafar talaba qatnashdi. Umumiy natijalarni hisoblaganda 4 nafar talaba berilgan vazifani to’liq bajarishdi. Lekin, bular orasidan bir nafar g’olibni aniqlash talab etilar edi. Shunga ko’ra ta’lim muassasa 3-kurs 54-guruh talabasi Jomoliddinov Shohijaxon oktyabr oyida bo’lgani kabi bu oyda ham belgilangan betlarni har kuni uzluksiz bajarish bilan birga hammadan avval tugatgani uchun g’oliblikni qo’lga kiritdi. Bu borada natijalar quyidagicha:
- Jomoliddinov Shohijaxon 3-kurs 54-guruh-30 kun
- Ergashev Shermuhammad 3-kurs 55-guruh-30 kun
- Munavvarov Ahror 2-kurs 57-guruh-30 kun
- Maxanov Abdulaziz 2-kurs 57-guruh-30 kun
- Ismoilov Sharifjon 2-kurs 56-guruh-28 kun
- Abdulvohidov Muhammadyusuf 4-kurs 51-guruh-27 kun
- Sattorov Ma’rufjon 3-kurs 54-guruh-27 kun
Qo’shimcha tarzda hisoblaganda ko’p kitob tugatib, eng ko’p bet kitob mutolaa qilgan talaba esa 2-kurs 57-guruh talabasi Munavvarov Ahror bo’ldi. Bu borada kuchli beshlik quyidagicha:
- Munavvarov Ahror 2-kurs 57-guruh
- Abdulvohidov Muhammadyusuf 4-kurs 51-guruh
- Abdumuttaliyev Suxrob 4-kurs 51-guruh
- Ismoilov Sharifjon 2-kurs 56-guruh
- Maxanov Abdulaziz 2-kurs 57-guruh
O’zbek tilidagi adabiyotlarni o’qigan talabalar ichida jami hisoblaganda eng ko’p kitob mutolaa qilgan talaba 4-kurs 51-guruh talabasi G’ofurov Shohrux bu oyda ham g’oliblikni qo’lga kiritdi.
Guruhlar kesimida hisoblaganda esa eng ko’p ishtirokchi 3-kurs 54-guruh talabalari bo’lib, bu borada peshqadamlikni qo’lga kiritishdi. G’oliblar homiylarni jalb etgan holda kitoblar, kiyim va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Musobaqa har oy tashkil etilib, yil davomida g’oliblar aniqlab boriladi. Yil oxirida esa umumiy g’olib nomi e’lon qilinadi.
Yusufxon Shodiyev
“Hidoya” o'rta maxsus islom
ta’lim muassasasi o’qituvchisi