Яратилиш санаси 20.10.2026

"Hidoya" ta’lim muassasasida navbatdagi Mudarrislar kengashi o‘tkazildi

"Hidoya" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida navbatdagi Mudarrislar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda muassasa rahbariyati, bo‘lim boshliqlari hamda pedagogik jamoa ishtirok etdi.

Kengash yig‘ilishida ta’lim muassasasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, joriy o‘quv yilidagi muhim vazifalar va istiqbolli rejalar atroflicha tahlil qilindi. Xususan, quyidagi ustuvor masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

Ilmiy salohiyatni yuksaltirish: Mudarris va o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot hamda metodik faoliyatini jadallashtirish;

Ta’lim-tarbiya sifati: Dars jarayonlariga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish, yoshlar tarbiyasida ma’naviy-axloqiy jihatlarni kuchaytirish;

O‘quv intizomi: Talabalar va xodimlar o‘rtasida ichki tartib-qoidalar hamda davomat ustidan nazoratni yanada mustahkamlash.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan mutasaddilar o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy yo‘nalishlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari va amaliy takliflarini bildirdilar. Yig‘ilish yakunida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati