Яратилиш санаси 19.10.2026
Odob-axloq – inson kamolotining muhim mezoni
“Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida “Axborot va murabbiylik soati” doirasida “Odob-axloq – inson kamolotining muhim mezoni” mavzusida mazmunli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ma’rifiy uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar quyidagilarga qaratildi:
- Husni xulq, kattalarga hurmat va kichiklarga izzat ko‘rsatish xalqimizning azaliy milliy hamda diniy qadriyatlarining ajralmas poydevori ekanini yoshlar ongiga chuqur singdirish.
- Islom ma’rifatida go‘zal xulq inson kamolotining oliy darajasi ekanini yoritish, yoshlarda har bir xatti-harakat va muomalada sharqona odob mezonlariga rioya qilish tuyg‘usini mustahkamlash.
- Turli mafkuraviy xurujlar va globallashuv davrida yoshlarda milliy hamda diniy axloqiy immunitetni kuchaytirish, nomaqbul illatlardan saqlanish va odob fazilatlarini asrab-avaylash muhimligini tushuntirish.
- Olingan bilimlarni go‘zal odob bilan bezash, zamonaviy talablar asosida axloqiy madaniyatni yuksaltirib borish ahamiyatini ta’kidlash.
Tadbirda ta’lim muassasasi tarbiyachi-pedagogi I.Dadabayev, guruh rahbari S.Aqilxonov hamda 3-bosqich talabalari ishtirok etdi.









Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati