Tunni qoim qilish
Tunni qoim qilish mo’minning sharafidir. Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Jabroil alayhisssalom Nabiy sallollohu alayhi va sallamning oldilariga keldilar. So’ngra: “Ey Muhammad, qanday xohlasang, shunday yasha. Baribir mayitsan (bir kun kelib o’lasan). Xohlaganday amal qil. Uning uchun jazo yoki mukofot olasan. Xohlaganingni yaxshi ko’r, undan baribir ajralasan. Bilginki, mo’min kishining sharafi tunni qoim qilishdadir. Uning izzati esa odamlardan behojat bo’lishdadir”, dedilar. Imom Tabroniy rivoyat qilganlar.
Bizlardan avvalgi solihlarning odatlaridir; Abu Umoma Bohiliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: “Tunni qoyim qiling. Bu sizlardan oldingi solihlarning odatlaridir. U Robbingizga qurbatdir. Gunohlarni yuvuvchi va gunohdan qaytaruvchidir”, dedilar. Imom Termiziy rivoyati.
Musulmon birodarim:
Masofa olislaganda, mashaqqat kuchayganda sabr zaiflashadi – toatlarga sabr qilish, yordamning kechikishiga sabr qilish, ko’makning uzoq ekanligiga sabr qilish, botilning o’yinlariga sabr qilish, yordamchining kamligiga sabr qilish, tikonli yo’llar uzun ekanligiga sabr, nafslarning egriligi va qalblarning zalolatiga sabr qilish, qaysarlik yukiga sabr qilish, bosh tortishlar qayg’usiga sabr qilish – yoki agar madad va quvvat bo’lmasa, sabr tugashi ham mumkin. Shuning uchun ham Alloh taolo sabrni namoz bilan yonma-yon zikr qildi:
وَاسْتَعِينُوا بِالصَّبْرِ وَالصَّلاةِ
(Allohdan) sabr va namoz ila yordam so'rangizlar. (Baqara surasi, 45-oyat). U qurib qolmaydigan buloqdir. Tuganmas ozuqadir.
U toqatni yangilab turadigan yordamchi, qalbga ozuqa berib turadigan zaxiradir. Sabr arqoni u bilan har qancha cho’zilsa-da, lekin hech qachon uzilmaydi. Shuningdek, sabrga rizo, samimiylik, xotirjamlik, ishonch va iymon kabi go’zal xislatlarni ham qo’shadi.
Mashaqqat chegaralangan quvvatidan o’tib ketsa, zohiriy va botiniy yomonliklar unga yuzma-yuz kelganda, shahvatni daf qilis va mayllardan voz kechish orasidagi yo’lda yurar ekan doimiylik ularga pand bera boshlaganda, ustida tug’yon kuchayib ketganida, chegaralangan umrida masofa uzayib ketsa, keyin qarasa-yu, u hech narsaga erishmagaini ko’rsa, umrining kun botari yaqinlashgan ersa, qo’lida aytarli hech narsa bo’lmasa, sahifasida timlaydigan yomonlig-u, juda ham kichik yaxshilikdan o’zgasini topolmasa, ufqda nur, yo’lda belgi qolmaganda, ana shundy paytlarda namozning qiymati ko’rinadi.
U foniy inson va uning boqiy Mavlosi o’rtasidagi to’g’ridan to’g’ri aloqadir.
U tuganmas manba ila uchrashuvga belgilangan vaqt va o’rindir.
Boy qildigan, rozi qiladigan boylikning kalitidir.
U kichik, yeriy hodisadan ulkan, kavniy aloqaga ajralib chiqishdir.
U jaziramadgi dam olish, salqinlashdir.
U charchagan qalb uchun tin olishdir.
U yo’lning ozuqasi, ruhning madadi va qalbning jilosidir.
Isoqjanov Muhammad Ibrohim
ta'lim muassasasi o'qituvchisi