Qalbning kasalliklari va ularni davolash toʻgʻrisida Rasullulloh ﷺ ning tavsiyalari
Insonning hayoti va oxiratida unga zarar yetkazadigan, ba’zan tuzalmas darajaga yetadigan qalb kasalliklari mavjud:
- Riyo
2) Ujub
3) Kibr
1) Riyo: Kichik shirk
Riyo – insonning qalbida bir maqomga ega bo‘lishni xohlash va shu maqom orqali bir martaba yoki darajani qo‘lga kiritishni istashdir.
▪ Nega riyo kichik shirk deb ataladi?
Ibodaning asl maqsadini buzadi
Ibadatning maqsadi faqat Allohni rozi qilishdir. Agar uni odamlar uchun qilinsa, aslida ibodat Alloh uchun emas, balki dunyoviy ko‘rkamlik, maqtov yoki obro‘ oshirish uchun bo‘ladi.
▪ Shirkning bir turiga yaqinlashadi
Shirk – Allohga ibodat qilinishini boshqa narsaga bog‘lashdir. Riyo aslida Allohning roziligidan chetga chiqishdir, ya’ni ibodatning bir qismini odamlar uchun qilgan bo‘lish. Shu sababli fiqhda uni “kichik shirk” deb atashadi.
Katta shirk esa ibodatni yoki ibodatga loyiq narsani Allohdan boshqa bir narsaga bag‘ishlashdir (masalan, butlarga ibodat qilish). Riyo shunchaki niyatni buzish darajasida bo‘ladi, lekin u ham gunoh hisoblanadi.
▪ Hadisda riyo haqida:
أن الشهيد يأمر به يوم القيامة إلى النار فيقول يا رب أشتشهدت في سبيلك فيقول الله تعالى أردت أن يقال إنك شجاع وقد قيل ذلك وذلك أجرك
“Qiyomat kuni shahid keltiriladi. Alloh unga: Nima qilding? deydi. U: Sening yo‘lingda shahid bo‘ldim, deydi. Alloh taolo: Yolg‘on aytding. Sen jasur ekan deyilishi uchun urushding. Bu gap aytildi ham. Mana shu – sening mukofoting, deydi. So‘ng u do‘zaxga buyuriladi.”
▪ Aqidaviy matnlarda ham bu kasallik zikr qilingan:
الرياء إذا وقع فى عمل من الأعمال فإنه يبطل أجره
“Agar riyo biror amal ichiga kirsa, uning ajri bekor bo‘ladi.”
▪ Boshqa bir hadisda:
عن أبي علي الفضيل بن عياض رحمه الله قال: ترك العمل لأجل الناس رياء
Abu Aliy Al-Fudayl ibn Iyoz rohimahulloh: “Amalni insonlar sababli tark qilish riyodor,” – deydilar.
2) Ujub va kibr: Qalbning tuzalmas kasalliklari
Kibr – inson o‘zini buyuk sanashi va boshqalarga past nazar bilan qarashidir. Ujub – o‘zidan mamnunlik va o‘zini afzal bilish.
Ta’siri:
Shayton o‘z kibriga binoan aytdi: “Men undan yaxshiman, meni olovdan, uni loydan yaratding.” Agar inson ham kibrda davom etsa, u ham shayton kabi “men men” deydigan bo‘lib qoladi.
3) Qalb kasalliklari haqida Ibn al-Muborak rivoyati
قال عبدُ الله بنُ المبارك رحمه الله: يُؤْتَى بِالْعَمَلِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ فَتَرْفَعُهُ الْمَلَائِكَةُ، فَإِذَا بَلَغَ السَّمَاءَ قِيلَ لَهُمْ: ارْجِعُوا بِهِ، فَاضْرِبُوا بِهِ وَجْهَ صَاحِبِهِ، فَإِنَّهُ لَمْ يُرِدْ بِهِ وَجْهَ اللَّهِ، إِنَّمَا أَرَادَ أَنْ يُرَى وَيُسْمَعَ. وَيُؤْتَى بِعَمَلٍ آخَرَ فَيُرَدُّ بِالْعُجْبِ، وَآخَرَ بِالْكِبْرِ، وَآخَرَ بِالْحَسَدِ، وَآخَرَ بِسُوءِ النِّيَّةِ
Ma’nosi: Qiyomat kuni bandaning amali olib kelinadi. Farishtalar uni hurmat bilan ko‘tarib, osmonga olib chiqadilar. Ammo osmon eshiklarida aytiladi: “Bu amal egasining qalbidan chiqmagan. U Alloh uchun emas, balki odamlar ko‘rishi, maqtashi va eshitishi uchun qilingan.”
Shunda amal egasiga qaytariladi. Keyin boshqa amallar ham rad qilinadi:
- Ujub tufayli
- Kibr tufayli
- Hasad tufayli
- Niyatning buzilishi tufayli
4) Qalb kasalliklaridan davolanish: Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu savoli va Nabiy ﷺ tavsiyalari
1) Agarda amalingda nuqson boʻladigan boʻlsa menga iqtido qilgin.
2) Ey Muoz tilingni Qur’onni ko‘tarib yurgan birodarlaringni g‘iybat qilishdan, ularga til tekkizishdan saqla, gunohlaringni o‘zing zimmaningga ol, ularni boshqalarning bo‘yniga yuklama, ularni mazammat qilishlik bilan birga oʻzingni poklama, oʻzingni ulardan ustun qoʻyma
3) Dunyodagi amallaringni oxirat amaliga dunyo manfaatini aralashtirma
4) Majlisingda kibr qilma, shunda odamlar sening yomon xulqingdan ehtiyot bo‘lsinlar.
5) Boshqa odam bor ekan, bir kishiga sir yoki shaxsiy gap qilma.
Rasullulloh ﷺ yana bir necha tavsiyalar beradilar, ularning barchasi qalb kasalliklaridan davo bo‘lib xizmat qiladi.
Xulosa
Riyo, ujub va kibr qalb kasalliklarining eng xavflilari hisoblanadi. Davosi: taqvo, ixlos, tavozu’, tilni nazorat qilish, gunohlarni zimma olish, dunyo manfaatini aralashtirmaslik. Amalni faqat Alloh uchun qilish kerak. Salaf tavsiyalari (Muoz roziyallohu anhu va Ibn al-Muborak rivoyatlari) qalbni poklash va ixlosni saqlash bo‘yicha mukammal yo‘l-yo‘riqdir.
Muhiddinov Abdulaziz
Ta'lim muassasasi 2-kurs talabasi