Qur'oni Karim suralari, oyatlari, gaplari, kalimalari va harflarining miqdori.
Qur'oni Karimda 114 ta sura mavjud bo'lib, bulardan 82 tasi Makkai Mukarramada nozil bo'lgan bo'lib, 20 tasi esa Madinai Munavvarada nozil bo'lgan va qolgan 12 tasi ixtilof bor suralardir.
Madinai Munavvarada nozil bo'lgan suralarning 20 tasi quyidagilardir.
1. Baqara surasi 11. Hujurot surasi
2. Oli Imron surasi 12. Hadid surasi
3. Niso surasi 13. Mujodala surasi
4. Moida surasi 14. Hashr surasi
5. Anfol surasi 15. Mumtahana surasi
6. Tavba surasi 16. Jumu'a surasi
7. Nur surasi 17. Munofiqun surasi
8. Ahzob surasi 18. Taloq surasi
9. Muhammad surasi 19. Tahrim surasi
10. Fath surasi 20. Nasr surasi.
12 tasida ixtilof bor suralar quyidagilardir: (Ba'zi mufassirlar Makkiy va ba'zilari Madaniy deydilar.)
1. Fotiha surasi 7. Qadr surasi
2. Ra'd surasi 8. Bayyina surasi
3. Ar-Rohman surasi 9. Zalzala surasi
4. Soff surasi 10. Ixlos surasi
5. Tag'obun surasi 11. Falaq surasi
6. Takvir surasi 12. Naas surasi.
Qolgan 82 ta sura Makkiydir ya'ni Makkada nozil bo'lgandir.
Siroji Mahdoniya kitobida keltirilishicha Qur'oni Karimda 114 ta sura, 6666 ta oyat, 36002 ta gap, 66600 ta kalima va 216700 harf mavjud.
Qayumov Sofvatulloh
ta'lim muassasasi o'qituvchisi