Яратилиш санаси 18.02.2026

Ta’lim muassasasida ramazoni sharifga tayyorgarlik jarayoni

Shu yilning 17 - fevral kuni “Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida Ramazon oyi kelishi munosabati bilan tozalash va obodonlashtirish ishlari tashkil etildi. 

Hashar davomida gul ko‘chatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekish, daraxtlarni oqlash va butash, madrasa binosi atrofidagi ko‘cha va ariqlar tozalanib, chiqindilar olib tashlandi.

Hashar – hamjihatlik va baraka asosi. Hasharda xalqimiz birlashadi, buning natijasida ahillik va hamjihatlik paydo bo‘ladi.

Talim muassasasi Matbuot xizmati