Яратилиш санаси 18.03.2026

Sir saqlash

 

Xulqlarning eng ulug’i va ahamyatlisi buomonatdorlikdir. Shuning uchun ham payg’ambarlarning barchalari mana shu xulqnimahkam ushlaganlar. Qur’oni karim ham payg’ambarlarning o’z qavmlari bilan bo’lganko’pgina suhbatlarini hikoya qiladi. Ular bu narsanidoimo qavmlariga zikr qilganlar. Alloh taolopayg’ambarlarining tilidan shunday deb bayon qiladi:

إِنِّي لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ

Albatta, men sizlarga yuborilgan ishonchli payg'ambardirman! (Shuaro surasi, 107-oyat).

Omonatdorlikning bir necha xil ko’rinishlarimavjud. Ulardan biri oldimizda turgan mana buRasululloh sallollohu alayhi va sallamningsunnatlaridir. Ya’ni sir saqlash sunnatidir. Biz xoh sir sohibi bilgan holida, xoh bilmagan holida bo’lsinhayotimiz davomida ko’plab sirlarga guvoh bo’lamiz.  

Rasululloh sallollohu alayhi va sallamningsunnatlari bu mana shu sirlarni saqlashdir. Xususan, sir egasi bu sirni oshkor qilmaslikni xohlayotganini bilsa.Imom Termiziy Jobir ibn Abdulloh roziyallohuanhudan u kishi Nabiy sallollohu alayhi va sallamdanrivoyat qiladilar: “Kishi biror gap gapirsa va u yoq, buyoqqa qarab qo’ysa, bu omonatdir”, dedilar.

Sirni ochish bu omonatga ziyon yetkazadi. Bu juda ham katta gunohdir. Agar sirni ochuvchi kishi sir sohibining yaqini bo’lsam, unda bu ishning yomonligiyanada ziyoda bo’ladi. Chunki bu holatda sirningsohibi unga to’liq ishonadi. Undan xiyonatni kutmaydi.Shunday qilib, sirni ochish musibati yanadakattalashadi. Imom Muslim Abu Said Xudriyroziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: “Qiyomatkunida Allohning huzurida eng yomon kishi ayoli bilanyaxshi munosabat qilgan va ayoli ham yaxshimunosabat qilgan. So’ng ayolining sirini yoygankishidir”, dedilar.

Sirni ochuvchi kishi agar oldindan sir egasigaaziyat yetkazishni qasd qilgan bo’lsa, yanada ham gunohi katta bo’ladi. Imom Muslim Hammom ibnHoris roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: “Chaqimchi kishi jannatga kirmaydi”, dedilar.

Chaqimchi bu bir kishining gapini yana boshqakishiga fasod niyatida olib borib aytishdir. Odamlarning sirlarini saqlashga haris bo’laylik.Bilaylikki, bu Rasululloh sallollohu alayhi va sallambizga buyurgan omonatdorlik jumlasidandir.

Isoqjonov Muhammad Ibrohim

Ta'lim muassasasi oʻqituvchisi