Boshqalarning ayblariga sukut saqlash sunnati
Qaysi odam bolasi xato qilmaydi? Qoqilmaydi?Xato qilish hamma Odam bolasining boshiga bitibqo’yilgan. Imom Termiziy Anas ibn Molik roziyallohuanhudan rivoyat qiladilar: Nabiy sallollohu alayhi vasallam: “Odam bolasining hammasi xato qiladi. Xatoqiluvchilarning eng yaxshisi tavba qiluvchilaridir”, dedilar.
Tavbaga yordam beradigan narsalardan biri bugunoh qilgan kishi o’zining tavbasi bilan biror kishiuning xatosi va gunohi uchun ayblamay odamlaro’rtasida tabiiy hayot kechirishini his qilishidir. Shuning uchun Nabiy sallollohu alayhi va sallamningsunnatlaridan biri shu ediki, odamlarning xatolarinipoylamaslik, biror kishining oldida uni gapirmaslikdir. Bir jihatdan chunki Nabiy sallollohu alayhi va sallamxato hamma bashariyatda bo’ladigan narsa ekanliginibilganlar. Yana bir tarafdan esa xato qilgan kishigatavba qilishini yengillatishdir. Shuning uchun ham musulmonlarning xatolarini poylaydigan kishi haqidajiddiy ogohlantirmoqdalar.
Ibn Hibbon Abdulloh ibn Umar roziyallohuanhumodan rivoyat qiladilar: “Nabiy sallollohu alayhiva sallam mana shu minbarga ko’tarildilar va balandovozda nido qilib: “Ey tili bilan Islomni qabul qilgan, lekin qalbi iymon keltirmaganlar, musulmonlarga ozorbermanglar, uyaltirmanglar, xatolarini qidirmanglar. Kim musulmonning avratini ochishni xohlasa, Allohuning avratini ochishni xohlaydi. Agar Alloh kimniavratini ochishni xohlasa, uyining o’rtasida bo’lsa ham, fosh qiladi”, dedilar.
Mana bu ham nabaviy sunnatlardandir. Bu ulkansunnatlardan biridir. Lekin bu ishga juda ham kattakuch kerak bo’ladi. Chunki odam zoti tabiatanboshqalarning aybini ochishga va boshqalar haqidagapirishni yaxshi ko’radi. Bu illatdan chetlashishgayordam beradigan narsalardan biri bu kishi o’ziniboshqalarning o’rniga qo’yib ko’rishidir. Shunda u o’zihaqida boshqalar yomon gapirishini xohlamaydi. Bu Nabiy sallollohu alayhi va sallam hadislaridan biridane’tiborlarini qaratgan masalalardan biridir. Ibn HibbonAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: Rasululloh sallollohu alayhi va sallam: “Sizlarbirodaringiz bulog’idagi kichik ifloslikni ham ko’rasiz. O’zingizning bulog’ingizdagi katta xodani unutasiz”, dedilar.
Kichik ifloslik va katta xoda o’rtasini taqqoslabbo’lmaydi. Siz boshqalarning xatolarini ko’rishniboshlaganingizda shuni yodingizga olingki, o’zingizning ham ana shunday kamchiliklaringiz bor. Balki nundan ham o’n barobar kattaroqdir. Yaxshisiinson o’zining kamchiliklari bilan band bo’lishidir.
Isoqjonov Muhammad Ibrohim
Ta'lim muassasasi oʻqituvchisi