Яратилиш санаси 18.03.2026

Allohning Qur’ondagi matematik mo’jizalari (1-qism)

Qur'onning biz shu paytgacha ko‘rib chiqqan mo‘jizaviy xususiyatlaridan tashqari, «matematik mo‘jizalari» ham bordir. Qur'onning bunday ajoyib jihatiga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Bu mo‘jizalarga bir misol Qur'ondagi ba'zi so‘zlarning takroriyligidir. Ba'zi so‘zlar esa hayratlanarli tarzda bir xil miqdorda takrorlanadi. Quyida bunday so‘zlarning ro‘yxati va ularning Qur'onda takrorlanish soni keltirilgan. 

«Yetti osmonlar» (sab'a samaavaat) xabari yetti marta takrorlangan. «Osmonlarning yaratilishi» (xolq as-samaavaat) ifodasi ham yetti marta takrorlangan.

«Kun» (yavm) so‘zi 365 marta birlik shaklda takrorlangan bo‘lsa, uning ko‘pligi va ikkilik shakli «kunlar» (ayyaam va yavmayn) birgalikda 30 marta takrorlangan. «Oy» (shahr) so‘zi esa 12 marta takrorlangan.

«O'simlik» (nabat) va «daraxt» (shajar) so‘zlarining takroriyligi bir xil - 26 tadandir.

«To‘lov yoki mukofot» (jazaa) 117 marta takrorlangan bo‘lsa, Qur'onning asosiy odoblaridan biri bo‘lgan «afv etish» (mag‘firoh) ifodasi bu raqamdan roppa-rosa 2 marta ko‘p, ya'ni 234 marta takrorlangandir.

«Ayt» (qul) so‘zini sanasak, uning 332 marta uchrashini ko‘ramiz. «Aytdilar» (qolu) so‘zini sanaydigan bo‘lsak, unga ham shuncha marta duch kelamiz.

«Dunyo» (dunyaa) va «Oxirat» (aaxiroh) so‘zlarining takrorlanishi ham bir xil - 115 martadandir.

Qur'onda «shayton» (shaytoon) so‘zi xuddi «farishtalar» (malaaikah) so‘zi kabi 88 marta ishlatilgan.

Qayumov Sofvatulloh

ta'lim muassasasi o'qituvchisi