Яратилиш санаси 20.10.2021

“Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak mavlidlari munosabati bilan tadbir o'tkazildi

Bilim yurtida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan oy munosabati bilan joriy yil yil 20 oktyabr kuni  tadbir o‘tkazildi.

Kirish so‘zini bilim yurti o‘quv ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari S.Madmusaev ochib shunday osoyishta kunlarga etib kelaganimizga shukronalik bildirib, muborak Rabi’ul avval oyi ya’ni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan oy haqida so‘z yuritib, bu oyda barchalarimiz olamlar sarvari, butun insoniyatga oxirzamon payg‘ambari qilib yuborilgan Muhammad alayhissalomning siyratlarini, hayotlarini yanada kengroq o‘rganish, har bir amalimizda u zotga ergashish lozimligi haqida aytib o‘tdi.           

SHundan so‘ng so’zni bilim yurti tafsur fani o’qituvchisi Qayumov Sofvatulloh domlaga berdi.

Notiq o’z so’zida ishtirokchilarga Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning siyratlari, xulq-atvorlari haqida so‘z yuritib, “Buyuk xulq sohibi”, “Olamlarga rahmat payg‘ambar” mavzularida batafsil ma’lumotlar berdi. 

 Tadbir yakunida 4-kurs talabalari  tomonidan berilgan estalik sovg‘alarini bilim yurti o‘qituvchilari va talabalariga topshirildi.

Tadbir Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbat va u zotning sunnatlariga ergashishlik yo‘lida yana bir qadam bo‘ldi. 

Tadbir so‘ngida bilim yurti ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha mudir o‘rinbosari Rivojiddin Nasritdinov tomonidan Payg‘ambar (s.a.v) sunnatlariga amal qilish, har bir jabhada mukamal inson bo‘lishga intilish shuningdek, yurtimiz tinchligi, uning osoyishtaligi bardavom bo‘lishini so‘rab duolar qilindi

Изоҳ қолдириш

Изоҳлар

06.11.2021 04:19
Ma Shaa Allah