Яратилиш санаси 21.03.2026

Allohning Qur’ondagi matematik mo’jizalari (2-qism)

«Imon» (iimaan) va «kufr» (kufr) so‘zlari Qur'onda 25 martadan qo‘llanilgan.

«Jannat» (jannah) va «jahannam» (jahannam) so‘zlarining har biri 77 martadan takrorlangan.

«Zakot» (zakaah) so‘zi Qur'onda 32 marta takrorlangan, shuningdek, «barakot» (barokah) so‘zi ham.

«Shafqatlilar» (al-abroor) ifodasi 6 marta, «gunoh-korlar» (al-fujjaar) ifodasi esa uning yarmicha, ya'ni 3 marta ishlatilgan.

«Yoz-issiq» (sayf-harr) va «qish-sovuq» (shitaa-bard) so‘zlarining takrorlanish miqdori bir xil - 5 martadir.

«Sharob» (xamr) va «sarxupshik» (saqoro) so‘zlari Qur'onda bir xil miqdorda - 6 martadan takrorlangan.

«Aql» (‘aql) va «nur» (nuur) so‘zlarining uchrashi 49 martadandir.

«Til» (lisan) va «va'z-nasihat» (mav'iza) so‘zlarining har ikkalasi ham 25 martadan takrorlangan.

«Foyda» (naf) va «buzg‘unchilik» (fasad) so‘zlari 50 martadan uchraydi.

«Mukofot» (ajr) va «qilmish» (fa'il) so‘zlarining har biri 107 martadan takrorlangan.

«Muhabbat» (al-mahabbah) va «itoat» (at-taa'ah) ifodalarining takrorlanishi 83 martadandir.

«Taqdir» (masiir) va «abadiy» (abadan) so‘zlari Qur'onda bir xil miqdorda - 28 martadan uchraydi.

«Musibat» (al-musiibah) va «shukr» (ash-shukr) so‘zlari Qur'onda bir xil miqdorda - 75 martadan uchraydi.

«Quyosh» (shams) va «nur» (nuur) so‘zlarining har biri Qur'onda 33 martadan uchraydi. «Nur» so‘zi sanalganda faqatgina so‘zning sodda shakllari hisobga olindi.

«To‘g‘ri yo‘lga boshlash» (al-hudaa) va «shafqat» (ar-rohmah) ifodalari 79 martadan uchraydi.

«G'am» (dayq) va «shodlanmoq» (tamaniyya) so‘zlarining har biri Qur'onda 13 martadan takrorlangan.

«Erkak» (rojul) va «ayol» (mar'a) so‘zlari teng miqdorda - 23 martadan ishlatilgan. «Erkak» va «ayol» so‘zlarining Qur'onda takrorlanish soni bo‘lgan 23, ayni zamonda inson embrionining shakllanishida tuxum va spermatozoiddagi xromosomalar soni hamdir. Inson xromosa-malarining jami soni 46 ta bo‘lib, ular ayol va erkakning tuxum va spermatozoididagi xromosomalar sonining yig‘indisidir.

«Xiyonat» (xiyaanah) so‘zi 16 marta takrorlangan, shuningdek, «qabih» (xobis) so‘zi ham.

«Inson» (insan) so‘zi 65 marta qo‘llanilgan: insonning yaratilish bosqichlariga ishoratlar soni ham aynan shuncha, ya'ni: tuproq 17 marta, nutfa 12 marta, embrion (alaq) 6 marta, muzg'o 3 marta, et (lahm) 12 marta, suyak (izham) 17 marta ishlatilgan.

«Solavaat» so‘zi Qur'onda besh marta uchraydi va Alloh insonlarga bir kunda 5 daf'a namoz (solat) o‘qishni amr etdi.

«Quruqlik» (barr, yabas) so‘zi Qur'onda 13 marta, «dengiz» (bahr) so‘zi esa 32 marta, ular jami bo‘lib 45 marta uchraydi. Agar quruqlikning Qur'onda ishorat etilishi sonini, ya'ni 13 ni 45 ga bo‘lsak, 28,888888888889% raqami chiqadi. Dengizlarning Qur'onda ishorat etilish soni bo‘lgan 32 ni 45 ga bo‘lganimizda esa, 71,111111111111% hosil bo‘ladi. G'ayrioddiy tarzda, bu raqam bugungi kunda quruqlik va dengizning Yerdagi aniq nisbatlarini aks ettiradi.

Qayumov Sofvatulloh

ta'lim muassasasi o'qituvchisi