Яратилиш санаси 27.03.2026
Ta’lim muassasasida ochiq dars bo‘lib o‘tdi...
▫️«Hidoya» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida dekabr oyi “Mart - Qur'oni karim va tajvid hamda Xattotlik” fanlari oyligi munosabati bilan «Qur'oni karim va tajvid» fani o‘qituvchisi Nuriddin domla Xoshimov 2-kurs 56-guruh talabalariga «Qur'on tilovatida ovozni chiroyli qilish usullari» mavzusida ochiq dars o‘tdi.









▫️Ushbu ochiq darsni o'quv ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Sodiqjon domla Madmusayev, maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari Rivojiddin Nasritdinov hamda ta’lim muassasasining boshqa tajribali va yosh ustozlari kuzatib, tahlil qildilar.
▫️Dars interfaol, zamonaviy uslub va metodlar asosida bo‘lib o‘tdi.
Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati