Яратилиш санаси 02.05.2026

Zakovat bellashuvining 5-turi bo’lib o’tdi

“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida zakovat bellashuvi 2025-2026 ning 5-tur bahslari tashkil etildi. Unda ta’lim muassasaning hamma kurslarni o’z ichiga olgan 6 ta guruhi bellashdilar. Ular huquqiy bilim va savodlarini yana bir bor sinovdan o’tkazdilar. Yettita savoldan iborat ushbu tur ham qizg’zin va murosasiz bo’lib o’tdi. Jamoalar qimmatli ballarni jamg’arish uchun bor bilim va salohiyatlarini ishga soldilar. 
 

Bellashuv 1-bosqichi davom etmoqda. Musobaqa yanada shiddatli o’tishi uchun ham aqliy ham mantiqiy savollarga ko’proq e’tibor qaratilmoqda. Har bir tur keskin baxslar ostida o’tmoqda. Har bir jamoada 1-kursdan 4-kursgacha bo’lishi talabalar aqliy salohiyati va fikrlashi o’sishiga sabab bo’lmaqda. Intellektual bellashuv yil bo’yi davom etadi. Shunday ekan bizni kuzatishda davom eting.

Yusufxon Shodiyev

“Hidoya” o'rta maxsus islom 
ta’lim muassasasi o’qituvchisi