Яратилиш санаси 16.05.2026

Tafakkur — Qalbning Nuri

Alloh taolo insonni barcha maxluqotlardan ustun qilib, unga aql va tafakkur ne'matini ato etdi. Qur'oni Karimda "aql yuritmaysizmi?", "fikr qilmaysizmi?", "tafakkur etmaysizmi?" kabi iboralar 750 dan ortiq o'rinda kelgan. Bu esa tafakkurning islomda qanchalik ulkan o'rin tutishini ko'rsatadi.

Tafakkur Nima?
Tafakkur — arabcha so'z bo'lib, chuqur o'ylash, mulohaza yuritish, ibrat olish ma'nolarini anglatadi. Islom olimlarining ta'rifiga ko'ra: "Tafakkur — qalbning Allohning oyatlari, ne'matlari va hikmatlarida sayru sayohati"

Tafakkur nafsni poklaydigan va axloqni saqlaydigan eng muhim omillardan biridir. Tafakkur fikr so‘zining o‘zagidan olingan bo‘lib, bir narsa haqida chuqur fikr yuritish ma'nosini anglatadi. Allohning kitobida o‘n yettita oyatda tafakkur qilishga targ'ib qilingandir. Ulardan ba‘zilarini o‘rganib chiqamiz. Inson aqlining barkamolligiga, ziyrakligi, fikrni qoshish bilan erishilishini Qur'oni karim bayon qilgandir.

Ulamolar aytadilar: tafakkur uch turga bo'linadi:
1.Allohning zotida emas, balki yaratilganlarida tafakkur etish
2.Qur'on oyatlarida chuqur mulohaza yuritish
3.O'z nafsida va o'tgan umrda hisobga tortish

Qur'oni Karimdan dalillar
Koinot borasida tafakkur. Oli Imron surasi 190-191-oyatlar: “Albatta, osmonlar va Yerning yaralishida hamda kecha va kunduzning almashinib turishida aql egalari uchun (bir Yaratuvchi va boshqarib turguvchi Zot mavjud ekanligiga) oyat-alomatlar bordir. Ular turganda ham, o‘tirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydilar hamda osmonlar va Yerning yaralishi haqida tafakkur qilib (deydilar): «Parvardigoro, bu (borliq)ni behuda yaratganing yo‘q! Sen (behuda biron ish qilish aybidan) poksan! O‘zing bizni jahannam azobidan asragil!»”

Bu oyat tafakkurni ibodat darajasiga ko'tarib, uni zikr bilan qo'shib tilga olingan.
Qur'on borasida tafakkur
Muhammad surasi, 24-oyat: “Axir ular Qur’on haqida fikr yuritmaydilarmi?! Balki dillarida qulflari bordir, (shuning uchun u dillarga Qur’on nuri yetmayotgandir)?!”

Aslida bu oyat munofiqlar borasida nozil bo'lgan bo'lsa ham, lekin u umum lafzda ishlatish mumkin. Chunki bunda xitob qilishda Qur'oni Karimni sha'ni borasi gap ketmoqda!
Insonning o'z yaratilishida tafakkur

Az-Zariyot surasi, 20-21-oyatlar: Va yer yuzida chuqur ishonuvchilar uchun belgilar bordir. Va o‘zlaringizda ham. Yoki ko‘rmayapsizlarmi?! Va yer yuzida chuqur ishonuvchilar uchun belgilar bordir. Va o‘zlaringizda ham. Yoki ko‘rmayapsizlarmi?! 

Ushbu oyati karimalardan ko'rinib turibdiki, Alloh taoloning bir-u borligi hamda cheksiz qudrati va boshqa komil sifatlarini to`la anglab yetish uchun zikr va tafakkur lozim ekan. Biri bo'lib, ikinchisi bo‘lmasa ham ish bitmas ekan. Allohni tik turgan, o‘tirgan, yom boshlagan holda eslash darajasi eng yuqori daraja bo‘lib, inson ibodatning oliy maqomiga erishganidagina ushbu darajaga ko‘tariladi. Shunday darajada tafakkur qilgan odamning qalbi sof holga keladi va duo qilsa, ijobat bo‘ladigan maqomga yetadi.

Bir soat tafakkur qilish 
Rasululloh ﷺ aytdilar: "Bir soat tafakkur qilish — yetmish yillik (nafl) ibodatdan afzaldir"
Bu hadis tafakkurning savobini ko'rsatib, uning qanday kuchli ibodat ekanini bayon etadi.

Aqlni ishlatish borasida 
"Alloh taolo bir bandaga yaxshilikni iroda qilsa, unga o'z ayblarini ko'rish basiratini ato etadi"

Hisob-kitob borasida 
Rasululloh ﷺ aytdilar: Aqlli kishi — nafsini hisobga tortgan va o'limdan keyin bo'ladigan narsa uchun amal qilgan kishidir. Ojiz kishi esa — nafsiga xohish-istaklariga ergashishni buyurib, Allohdan (ko'p) orzu qilgan kishidir "Kim tafakkursiz o'qisa — kitobning yukini ko'taradi, ammo nuridan mahrum qoladi."

Hujjatul-islom Imom G'azzoliy (rohimahulloh) "Ihyou Ulumid-Din" asarlarida yozadilar: "Tafakkur — barcha yaxshiliklarning kaliti va boshlanishidir. Tafakkur Allohga xavf va muhabbatni tug'diradi; xavf va muhabbat esa — zuhd va ibodatni tug'diradi. Demak, tafakkursiz haqiqiy ibodat bo'lmaydi."

Tafakkurning foydalari:

1. Tafakkur Allohning roziligiga va muhabbatiga olib boruvchi yo‘ldir.
2. Tafakkur bag'rikenglik va qalb sokinligi.
3. Tafakkur Alloh azza va jalladan xavfda bo'lish va qo'rqish malakasini hosil qiladi.
4. Tafakkur hikmat malakasini hosil qiladi va qalbni tiriltiradi.
5. Ko‘p e’tibor berish va va'zlanish o‘tganlarning siyratidandir. 6. Tafakkur katta aqliy quvvat bo‘lib, yakka shaxslarning ogohligiga va ummatlarning uyg'onishiga olib boradi.

Tafakkurning to'siqlari

1. Ulamolar tafakkurga to'sqinlik qiluvchi narsalarni shunday bayon etganlar:
2. Gʻaflat — qalbni qoplab olingan holati
3. Ko'p gapirish — "Kim ko'p gapirsa, ko'p xato qiladi" (hadis)
4. Ko'p uxlash — qalbni sust va dangasa qiladi
5. Shahvat va nafs — fikrni tor dunyo bilan band qiladi
6. Behuda suhbatlar — vaqt va qalbni isrof qiladi

Xulosa
Tafakkur — islom tarbiyasining yuragidagi ibodatdir. U insonni hayvonlikdan farq qildiruvchi ilohiy ne'matdir. Alloh taolo bizni aql berib yaratdi, ammo bu aqlni ishlatish — bizning zimmamizdagi ulkan mas'uliyatdir.
Ulamolarimiz aytganidek: "Odamlar uxlaydi — o'lganda uyg'onadi." Uyg'onishni o'limdan oldinroq — tafakkur bilan boshlaylik.
"Robbimiz! Biz ko'rib va eshitib turgan holimizda, bizni tafakkur ahlidan qilgin!" — Amiyn

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Qur'oni Karim
2. Jamiul-bayan (Tafsiri Tobariy)
3. "Jamiut-tirmiziy" Imom Abu Iso at-Termiziy
4. "Shu'abul-iyman" Imom Bayhaqiy
5. " Musnad" Imom Ahmad ibn Hanbal
6. Ruhiy tarbiya , Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 

Is'hoqov Abdulahad 

ta'lim muasssasi 3-kurs talabasi