Яратилиш санаси 11.06.2026

Zakovat bellashuvining 8-tur chorak final bellashuvi bo’lib o’tdi.

“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida zakovat bellashuvi 2025-2026 ning ikkinchi davra 8-tur chorak final bellashuvi bo’lib o’tdi. Unda ta’lim muassasaning hamma kurslarini o’z ichiga olgan 4 ta jamoa bellashdilar. Sababi 7-tur natijasiga ko’ra qaysidir eng kam ball jamg’argan jamoa turnirni tark etishi talab etilardi. Shunga ko’ra 7-turdan keyin Abul Barakot Nasafiy jamoasi bellashuv bilan xayrlashdi. Qolgan jamoalar ochkolari 0 bo’lgan holda boshladilar. Har turda eng kam ball to’plagan jamoa musobaqani tark etadi. Bu holat to ikki jamoa finalga chiqib bellashgunga qadar davom etadi. Bilimdonlar huquqiy bilim va savodlarini yana bir bor sinovdan o’tkazdilar. Yettita savoldan iborat ushbu tur ham qizg’zin va murosasiz bahslarga boy bo’ldi. Jamoalar qimmatli ballarni jamg’arish uchun bor bilim va salohiyatlarini ishga soldilar. Har bir jamoada 1-kursdan 4-kursgacha bo’lishi talabalar aqliy salohiyati va fikrlashi o’sishiga sabab bo’ldi. Tez fursatda chorak finalda musobaqani tark jamoani bilib olishimiz mumkin bo’ladi. Keyingi tur qolgan 3 jamoa o’rtasida bo’ladi. Intellektual bellashuv yil bo’yi davom etadi. Shunday ekan bizni kuzatishda davom eting.


 
“Hidoya” ta’lim muassasasi fiqh fani o’qituvchisi
Yusufxon Shodiyev