Ta'lim muassasasida "Xatmona - 2026" bo'lib o'tdi
Joriy yil 15-iyun kuni 2022–2026 o‘quv yili bitiruvchilarini tantanali ravishda kuzatish marosimi o‘tkazildi. Tadbir mehmonlar, ustozlar, otalar, keng jamoatchilik va keng jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, diniy va dunyoviy ilmlarni mukammal o‘zlashtirgan yosh bitiruvchilar ishtirokida o‘tdi. Tantanali marosim Qur’oni karim tilovati va duo bilan boshlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Shuningdek, Qur’oni Karim tilovatini tajvid qoidalariga binoan go‘zal ovoz bilan Raxmatulloh qori Umarov o‘qib eshittirdi. Duoni esa O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakili bosh imom xatibi Abdulloh domla Samatov qildilar. Tadbirda birinchi bo‘lib so‘z navbati Abdulloh domla Samatovga berilib, ular bitiruvchilarga O‘zbekiston musulmonlari o‘z tabriklarini, so‘ngra o‘zlarining talabalarga hayot maktabiga kirib borishlari oldidan yo‘l-yo‘riq, duoi xayr va samimiy tilaklarini izhor qildilar.








Muassasa direktori Qobiljon domla Mirzabayev 2025–2026 o‘quv yili mobaynida amalga oshirilgan ishlar, ilmiy va tarbiyaviy yutuqlar, xalqaro va respublika miqyosidagi musobaqalarda erishilgan natijalar, talabalarning diniy bilimlari bilan birga mukammal axloqiy tarbiya olgani haqida ma’lumot berdilar.









Tadbirda Namangan viloyati hokimligi Tashkiliy-kadirlar guruhi (kotibiyat) mudiri Xasanov Oqilxon ham ishtirok etib, mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor, ularning kelajakdagi burchi, Vatanga va millatga xizmat qilish mas’uliyati haqida teran fikrlar bilan chiqish qildilar.
Yillar davomida mehnat qilgan, ilm va irfon chirog‘ini yoqqan ustozlar oldida o‘z minnatdorchiligini izhor etish maqsadida 4-kurs talabalari so‘zga chiqib, samimiy dil izhorlarini Ular o‘qish davomida orttirgan bilimlar, topgan hayotiy tajribalar va ustozlar tomonidan ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik va mehr uchun minnatdorchilik so‘zlarini aytishdi. bildirishdi.















Shuningdek, tadbir davomida ta’lim muassasasining fidoiy pedagoglari, jamoat ishlarida faol, axloqiy tarbiyasi namuna bo‘lgan, “Yil o‘qituvchisi”da muvaffaqiyatga erishgan, “Yagona Olimpiada – 2026”da faxrli o‘rinlarni egallagan ustoz va talabalarni rag‘batlantirish maqsadida faxriy ustozlar ishtirokida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

















Tadbirning yana bir ruhiy ozuqa bo‘lgan qismi talabalar tomonidan o‘qilgan Xatmul-Qur’on baxshidasi bo‘ldi. Ushbu baxshida tilovati bilan tadbirning fayzi yanada oshdi. Tadbirning yakunlovchi qismida so‘z ustozlardan biriga berildi. Ular barcha ishtirokchilarga, ayniqsa, bitiruvchi talabalarga kelgusi hayot yo‘llarida muvaffaqiyat, sihat-salomatlik, ilmda davomiylik va Islom diniga, Vatanga xizmat qilishdek ulug‘ maqsadda bardavom bo‘lishlarini tiladilar.
Tadbir yakunida barcha mehmonlar bayram dasturxoniga taklif etildi. Ilm va ma’rifat, ixlos va odob bilan yo‘g‘rilgan bu kabi tantanalar yosh avlod qalbida ham milliy, ham diniy qadriyatlarga bo’lgan muhabbatni mustahkamladi.
Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati