Taʼlim muassasasida 2025-2026 oʻquv yili yakuniy attestatsiyalari boshlandi
“Hidoya” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida 2025-2026 oʻquv yili yakuniy attestatsiyasiO‘zbekiston musulmonlari idorasining 2021-yil 24-may 01A/66 sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Talim muassasalari bitiruvchilarining Yakuniy attetestatsiyasi Nizomi asosida” gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlardan Oʻzbekiston tarixi va Falsafa asoslari. Umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan arab tili, fiqh va aqoid (Kalom ilmi) fanlaridan sinovlar o‘tkazish belgilandi.
Yakuniy attestatsiya o‘tkazish kunlari O‘MI raisi tomonida 2025 yil 28-avgustda tasdiqlangan “O’zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o’rta maxsus islom ta’lim muassasalarining 2025-2026 o’quv yili uchun o‘quv jarayoni jadvali” hamda 2026-yil 14-maydagi taʼlim muassasasi mudarrislar kengashining qarori, taʼlim muassasasining 03.06.2026-yil 01A/019-sonli buyrugʻi asosida belgilangan bo’lib, 17-iyun kuni umum kasbiy fanlar “Oʻzbekiston tarixi”, “Falsafa asoslari”dan yakuniy attestatsiyasi bo‘lib o‘tdi.
Yakuniy attestatsiya sinovlari yozma shaklda o‘tkazilib, talabalar javoblarini muassasa muhri bosilgan maxsus daftar (12 varaq)ga yozdilar.
Yakuniy attestatsiyasida amaldagi tartib qoidalarga toʻla rioya qilgan holda o‘tkazildi. Bitiruvchi 35 nafar talabalarning barchasi yakuniy attestatsiyasida to‘liq ishtirok etdilar.


















Ta'lim muassasasi Matbuot xizmati