Zakovat bellashuvining 10-tur final bellashuvi bo’lib o’tdi.
“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida zakovat bellashuvi 2025-2026 ning ikkinchi davra 10-tur final bellashuvi bo’lib o’tdi. Unda ta’lim muassasaning hamma kurslarini o’z ichiga olgan “Sodrush shariy’a va Abu Lays Samarqandiy jamoalari bellashdilar. Sababi 9-tur natijasiga ko’ra qaysidir eng kam ball jamg’argan jamoa turnirni tark etishi talab etilardi. Shunga ko’ra 9-turdan keyin Burhoniddin Marg’inoniy jamoasi bellashuv bilan xayrlashdi. Qolgan jamoalar ochkolari 0 bo’lgan holda boshladilar. Bilimdonlar huquqiy bilim va savodlarini yana bir bor sinovdan o’tkazdilar. Yettita savoldan iborat ushbu final ham qizg’zin va murosasiz bahslarga boy bo’ldi. Jamoalar qimmatli ballarni jamg’arish uchun bor bilim va salohiyatlarini ishga soldilar. Har bir jamoada 1-kursdan 4-kursgacha bo’lishi talabalar aqliy salohiyati va fikrlashi o’sishiga sabab bo’ldi. Tez fursatda finalda g’olib bo’lgan jamoani bilib olishimiz mumkin bo’ladi. Yaqin kunlarda go’lib va sovrindorlar taqdirlanadi. Intellektual bellashuvning bu yilgi baxslari shu bilan o’z yakuniga yetdi. Navbatdagi baxslar keyingi 2026-2027-o’quv yilidan hudo xohlasa yana davom ettiriladi. Shunday ekan bizni kuzatishda davom eting.









Yusufxon Shodiyev
“Hidoya” o'rta maxsus islom ta’lim
muassasasi fiqh fani o’qituvchisi