Яратилиш санаси 03.03.2026

Fiqhiy qoida sharhi

القاعدة: "أن تقرر السبب الموجب في حق الأصل تقرر في حق تابعه"
Qoida: «Asl haqqida vojib qiluvchi sabab sobit bo‘lsa, uning tobei haqqida ham sobit bo‘ladi»

Ushbu qoida shuni anglatadiki, agar aslning (asosiy shaxs yoki ashyoning) haqqida biror hukmni lozim qiluvchi sabab yuzaga kelsa va bu aslga tobe (unga ergashuvchi) narsa mavjud bo‘lsa, mazkur hukm aslda qanday vojib bo‘lgan bo‘lsa, uning tobeida ham xuddi shunday vojib bo‘ladi.

Bu qoidaning misollari va masalalaridan:

Imom Marg‘inoniy rahimahulloh aytadilar:«Imomning niyati sababli muqtadiyga (iqtido qiluvchiga) ham iqomat (muqimlik) hukmi lozim bo‘ladi». (Ya'ni, musofir kishi muqim imomga ergashib namoz o'qisa, o'zi musofir bo'lishiga qaramay, imomga tobe bo'lgani uchun unga ham namozni muqimlar kabi to'liq o'qish vojib bo'ladi.

Shuningdek: «Agar bo‘g‘oz sigir sotilsa, uning homilasi ham unga tobe o‘laroq savdo (shartnomasi) ichiga kiradi».

Shuningdek:«Agar imom (namozda) sahv qilsa (xatoga yo'l qo'ysa), ma'mumga (iqtido qiluvchiga) ham unga tobe o‘laroq sahv sajdasi qilish vojib bo‘ladi».

Ismoilov Akramxon

ta'lim muassasasi o'qituvchisi