Fiqhiy qoida sharhi
القاعدة: "أن الطاعة بحسب الطاقة"
Qoida: «Itoat (toat-ibodat) toqatga qarab boʻladi»
Alloh subhanahu va taolo bizga vojib qilgan amallarda Unga itoat etish insonning imkoniyati va toqatiga qarab bo‘ladi. Qur'oni karimda aytilganidek: «Alloh hech bir jonga toqati yetadiganidan tashqari narsani taklif (vojib) qilmaydi» (Baqara surasi, 286-oyat).
Agar inson biror vojib amalni bajarishdan ojiz qolsa, u amal uning zimmasidan soqit bo‘ladi. Shuning uchun ham ulamolar: «Ojizlik mavjud bo'lgan joyda vojiblik yo‘q», deganlar.
Qoidaning dalili: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadislari: «Agar men sizlarni biror ishga buyursam, undan qurbingiz yetganicha (qodir bo‘lganingizcha) bajaringlar».
Boshqa bir rivoyatda esa: *«Sizlarni nimaga buyursam (shundan qodir bo'lganingizcha bajaringlar)...» shaklida kelgan.
Bu qoidaning misollari va masalalaridan: Agar bemor (namozda) tik turishdan ojiz bo‘lsa, o‘tirgan holda ruku va sajda qilib namoz o‘qiydi. Agar ruku va sajda qilishga ham qodir bo‘lmasa, imo-ishora bilan o‘qiydi.
Shuningdek: Qarilik (keksayib qolganlik) yoki bemorlik sababli ro‘za tutishga qodir bo‘lmagan kishi ro‘zasini ochadi va fidya beradi – ya’ni, (tutilmagan) har bir kuni evaziga bir miskinni to‘ydiradi.
Shuningdek: Kasallik yoki qattiq sovuq sababli suvdan foydalanishga qodir bo‘lmagan kishi tayammum qiladi.
Shuningdek: Oziq-ovqat, ulov topishga qodir emasligi yoxud yo‘l xavfsiz (bexatar) bo'lmaganligi sababli haj qilishga qurbi yetmagan kishiga haj vojib bo‘lmaydi.
Ismoilov Akramxon
ta'lim muassasasi o'qituvchisi