Fevral oyi kitobxonlari taqdirlandi
“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2025-yil oktyabr oyidan arab tilida darslikdan tashqari qo’shimcha kitob o’qish bo’yicha musobaqa bu o’quv yilgi bosqichi boshlangan edi. Bu tanlov fevral oyida ham davom etdi.
Musobaqa shartiga ko’ra fevral oyida har kuni qo’shimcha tarzda o’n ikki bet arabiy kitob o’qish vazifa qilib belgilandi.Shu bilan kifoyalanib qolmay vazifadan tashqari ko’proq kitob mutolaa qilgan talabalar ham ko’pchilikni tashkil etdi. O’quvchilarning bu mehnatini qadrlash maqsadida ularni ham noan’anaviy tazrda taqdirlashni lozim topdik. Bundan ilhomlanib boshqalar ham intilishi va g’oliblar ko’proq bo’lishi nazarda tutildi.
Bundan tashqari o’zbek tilidagi ilmiy va badiiy adabiyotlarni ham talabalar o’qishlarini ta’minlash maqsadida 4-kurslar orasida ham musobaqa tashkil etildi. Unda yanada ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lishi va nutqi ravon bo’lishini e’tiborga olgan holda asosan bitiruvchi kurs talabalari o’rtasida tashkil etildiki. Bu yo’nalishda esa har kuni 30 bet kitob o’qish vazifa etib belgilandi.
Bu oydagi musobaqada jami 15 nafar talaba qatnashdi. Umumiy natijalarni hisoblaganda 3 nafar talaba berilgan vazifani to’liq bajarishdi. Lekin, bular orasidan bir nafar g’olibni aniqlash talab etilar edi. Shunga ko’ra ta’lim muassasa 1-kurs 59-guruh talabasi Yusufxonov Saida’zamxon fevral oyida belgilangan betlarni har kuni uzluksiz bajarish bilan birga hammadan avval tugatgani uchun g’oliblikni qo’lga kiritdi. Bu borada natijalar quyidagicha:
- Yusufxonov Saida’zamxon 1-kurs 59-guruh-28 kun
- Muhiddinov Abdulaziz 2-kurs 57-guruh-28 kun
- Hakimjonov Mirzosharif 3-kurs 54-guruh-28 kun
- Olimov Muhammadxon 2-kurs 57-guruh-27 kun
- Jomoliddinov Shohjaxon 3-kurs 54-guruh-26 kun
- Maxanov Abdulaziz 2-kurs 57-guruh-26 kun
- Ismoilov Sharifjon 2-kurs 56-guruh-25 kun
Qo’shimcha tarzda hisoblaganda qo’yilgan shartlarga ko’ra, ya’ni davomiylikni va kunlar kesimida oyning aksar qismida kitob o’qilganini e’tiborga olganda ko’p kitob tugatib, eng ko’p bet kitob mutolaa qilgan talaba esa 2-kurs 57-guruh talabasi Olimov Muhammadxon bo’ldi. Bu borada kuchli uchlik quyidagicha:
- Olimov Muhammadxon 2-kurs 57-guruh
- Maxanov Abdulaziz 2-kurs 57-guruh
- Ismoilov Sharifjon 2-kurs 56-guruh
O’zbek tilidagi adabiyotlarni o’qish bo’yicha esa bu oyda hech kim g’oliblikni qo’lga kiritmadi.
Guruhlar kesimida hisoblaganda esa eng ko’p ishtirokchi 3-kurs 54-guruh talabalari bo’lib, bu borada peshqadamlikni qo’lga kiritishdi. G’oliblar homiylarni jalb etgan holda kitoblar va moddiy mukofot bilan taqdirlandi.
Musobaqa har oy tashkil etilib, yil davomida g’oliblar aniqlab boriladi. Yil oxirida esa umumiy g’olib nomi e’lon qilinadi
Yusufxon Shodiyev
“Hidoya” o’rta maxsus islom
ta’lim muassasasi o’qituvchisi