Яратилиш санаси 07.04.2026

Mart oyi kitobxonlari taqdirlandi

“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2025-yil oktyabr oyidan arab tilida darslikdan tashqari qo’shimcha kitob o’qish bo’yicha musobaqa bu o’quv yilgi bosqichi boshlangan edi. Bu tanlov mart oyida ham davom etdi.

Musobaqa shartiga ko’ra mart oyida har kuni qo’shimcha tarzda o’n to’rt bet arabiy kitob o’qish vazifa qilib belgilandi.Shu bilan kifoyalanib qolmay vazifadan tashqari ko’proq kitob mutolaa qilgan talabalar ham ko’pchilikni tashkil etdi. O’quvchilarning bu mehnatini qadrlash maqsadida ularni ham noan’anaviy tazrda taqdirlashni lozim topdik. Bundan ilhomlanib boshqalar ham intilishi va g’oliblar ko’proq bo’lishi nazarda tutildi.

Bundan tashqari o’zbek tilidagi ilmiy va badiiy adabiyotlarni ham talabalar o’qishlarini ta’minlash maqsadida 4-kurslar orasida ham musobaqa tashkil etildi. Unda yanada ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lishi va nutqi ravon bo’lishini e’tiborga olgan holda asosan bitiruvchi kurs talabalari o’rtasida tashkil etildiki. Bu yo’nalishda esa har kuni 33 bet kitob o’qish vazifa etib belgilandi.

Bu oydagi musobaqada jami sakkiz nafar talaba qatnashdi. Umumiy natijalarni hisoblaganda 2 nafar talaba berilgan vazifani to’liq bajarishdi. Lekin, bular orasidan bir nafar g’olibni aniqlash talab etilar edi. Shunga ko’ra ta’lim muassasa 3-kurs 54-guruh talabasi Jamalov Qodirxon mart oyida belgilangan betlarni har kuni uzluksiz bajarish bilan birga hammadan avval tugatgani uchun g’oliblikni qo’lga kiritdi. Bu borada natijalar quyidagicha:

  1. Jamalov Qodirxon 3-kurs 54-guruh-31 kun
  2. Is’hoqov Abdulahad 3-kurs 54-guruh-31 kun
  3. Olimov Muhammadxon 2-kurs 57-guruh-30 kun

Qo’shimcha tarzda hisoblaganda qo’yilgan shartlarga ko’ra, ya’ni davomiylikni va kunlar kesimida oyning aksar qismida kitob o’qilganini e’tiborga olganda ko’p kitob tugatib, eng ko’p bet kitob mutolaa qilgan talaba esa 2-kurs 57-guruh talabasi Olimov Muhammadxon bo’ldi.

O’zbek tilidagi adabiyotlarni o’qish bo’yicha esa bu oyda hech kim g’oliblikni qo’lga kiritmadi.

Guruhlar kesimida hisoblaganda esa eng ko’p ishtirokchi 3-kurs 54-guruh talabalari bo’lib, bu borada peshqadamlikni qo’lga kiritishdi. G’oliblar homiylarni jalb etgan holda kitoblar va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Musobaqa har oy tashkil etilib, yil davomida g’oliblar aniqlab boriladi. Yil oxirida esa umumiy g’olib nomi e’lon qilinadi

Yusufxon Shodiyev

 “Hidoya” o’rta maxsus islom 
ta’lim muassasasi o’qituvchisi