Яратилиш санаси 04.05.2026

Aprel oyi kitobxoni taqdirlandi.

 “Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2025-yil oktyabr oyidan arab tilida darslikdan tashqari qo’shimcha kitob o’qish bo’yicha musobaqa bu o’quv yilgi bosqichi boshlangan edi. Bu tanlov aprel oyida ham davom etdi.

Musobaqa shartiga ko’ra aprel oyida har kuni qo’shimcha tarzda o’n besh bet arabiy kitob o’qish vazifa qilib belgilandi.Shu bilan kifoyalanib qolmay vazifadan tashqari ko’proq kitob mutolaa qilgan talabalar ham ko’pchilikni tashkil etdi. O’quvchilarning bu mehnatini qadrlash maqsadida ularni ham noan’anaviy tazrda taqdirlashni lozim topdik. Bundan ilhomlanib boshqalar ham intilishi va g’oliblar ko’proq bo’lishi nazarda tutildi.

Bundan tashqari o’zbek tilidagi ilmiy va badiiy adabiyotlarni ham talabalar o’qishlarini ta’minlash maqsadida 4-kurslar orasida ham musobaqa tashkil etildi. Unda yanada ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lishi va nutqi ravon bo’lishini e’tiborga olgan holda asosan bitiruvchi kurs talabalari o’rtasida tashkil etildiki. Bu yo’nalishda esa har kuni 35 bet kitob o’qish vazifa etib belgilandi.

Bu oydagi musobaqada jami yetti nafar talaba qatnashdi. Umumiy natijalarni hisoblaganda 2 nafar talaba berilgan vazifani to’liq bajarishdi. Lekin, bular orasidan bir nafar g’olibni aniqlash talab etilar edi. Shunga ko’ra ta’lim muassasa 3-kurs 54-guruh talabasi Jamalov Qodirxon aprel oyida belgilangan betlarni har kuni uzluksiz bajarish bilan birga hammadan avval tugatgani uchun g’oliblikni qo’lga kiritdi. Bu borada natijalar quyidagicha:

  1. Jamalov Qodirxon 3-kurs 54-guruh-30 kun
  2. Olimov Muhammadxon 2-kurs 57-guruh-30 kun

Qo’shimcha tarzda eng ko’p bet kitob o’qish bahsida esa shartga mos keladigan g’olib topilmadi.

O’zbek tilidagi adabiyotlarni o’qish bo’yicha esa bu oyda ham hech kim g’oliblikni qo’lga kiritmadi.

Guruhlar kesimida hisoblaganda esa eng ko’p ishtirokchi 3-kurs 54-guruh talabalari bo’lib, bu borada peshqadamlikni qo’lga kiritishdi. 

G’olib homiylarni jalb etgan holda kitoblar va moddiy mukofot bilan taqdirlandi.

Musobaqa har oy tashkil etilib, yil davomida g’oliblar aniqlab boriladi. Yil oxirida esa umumiy g’olib nomi e’lon qilinadi

Yusufxon Shodiyev

“Hidoya” o’rta maxsus islom 
ta’lim muassasasi o’qituvchisi