Яратилиш санаси 10.06.2026

May oyi kitobxoni taqdirlandi.

“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2025-yil oktyabr oyidan arab tilida darslikdan tashqari qo’shimcha kitob o’qish bo’yicha musobaqa bu o’quv yilgi bosqichi boshlangan edi. Bu tanlov may oyida ham davom etdi.

Musobaqa shartiga ko’ra may oyida har kuni qo’shimcha tarzda o’n yetti bet arabiy kitob o’qish vazifa qilib belgilandi.Shu bilan kifoyalanib qolmay vazifadan tashqari ko’proq kitob mutolaa qilgan talabalar ham ko’pchilikni tashkil etdi. O’quvchilarning bu mehnatini qadrlash maqsadida ularni ham noan’anaviy tazrda taqdirlashni lozim topdik. Bundan ilhomlanib boshqalar ham intilishi va g’oliblar ko’proq bo’lishi nazarda tutildi.

Bundan tashqari o’zbek tilidagi ilmiy va badiiy adabiyotlarni ham talabalar o’qishlarini ta’minlash maqsadida 4-kurslar orasida ham musobaqa tashkil etildi. Unda yanada ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lishi va nutqi ravon bo’lishini e’tiborga olgan holda asosan bitiruvchi kurs talabalari o’rtasida tashkil etildiki. Bu yo’nalishda esa har kuni 40 bet kitob o’qish vazifa etib belgilandi.

Bu oydagi musobaqada jami besh nafar talaba qatnashdi. Umumiy natijalarni hisoblaganda bu oyda berilgan vazifani to’liq, uzluksiz bajargan talaba bo’lmadi. Shunday bo’lsada shartlarga ko’ra g’olib topildi. U 2-kurs 57-guruh talabasi Olimov Muhammadxon bo’lib, may oyida g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Qo’shimcha tarzda eng ko’p bet kitob o’qish bahsida esa shartga mos keladigan g’olib topilmadi.

O’zbek tilidagi adabiyotlarni o’qish bo’yicha esa ishtirokchilar bo’lsada, lekin g’olib chiqqani bo’lmadi.

Guruhlar kesimida hisoblaganda esa eng ko’p ishtirokchi 3-kurs 54-guruh talabalari bo’lib, bu borada peshqadamlikni qo’lga kiritishdi. 

G’olib homiylarni jalb etgan holda kitoblar va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Musobaqa har oy tashkil etilib, yil davomida g’oliblar aniqlab boriladi. Yil oxirida esa umumiy g’olib nomi e’lon qilinadi 

                                          Yusufxon Shodiyev

                                          “Hidoya” o’rta maxsus islom 
 ta’lim muassasasi o’qituvchisi