“Tuhfatul atfol” ni yodlagan talabalar taqdirlandi
“Hidoya” o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida 2025-2026-o’quv yili mart oyi “Qur’oni karim va tajvid” fanlari oyligi deb e’lon qilingan edi. Shu munosabat bilan ta’lim muassasasida Imom Sulaymon Jamzuriy rohmatullohi alayhining Qur’oni karimning tajvidiy qoidalariga bag’ishlangan “Tuhfatul atfol” baytini yodlash musobaqasi tashkil etildi. Ushbu manzuma o’zining qisqaligi, sermazmunligi va sodda tarzda ifoda etilgani bilan e’tiborlidir. U 61 baytdan iborat bo’lib, tajvid qoidasini yangi o’rganuvchilarga juda manfaatlidir. Shu sababli u deyarli 3 asrdan buyon o’quvchilar qo’lidan tushmay kelmoqda.
Ushbu manzumani yodlashlikda hech qanday qiyin shartlar qo’yilmadi. Balki hammasini bittada yodlab berish talab etildi xolos. Bunda 1-kursdan 4-kursga qadar hamma erkin qatnashishi ta’minlandi. Musobaqa shartlariga ko’ra ushbu manzumani adashmasdan yodlab bergan 4-kurs 51-guruh talabasi Akmalxonov Muhammadxon g’oliblikni qo’lga kiritdi. Umumiy sovrindorlar quyidagilar bo’ldi;
1-o’rin: Akmalxonov Muhammadxon 4-kurs 51-guruh 100 ball
2-o’rin: Nuriddinov Muhammadmirzo 4-kurs 51-guruh 100 ball
3-o’rin: Muxtorxo’jayev Muhsinxo’ja 1-kurs 59-guruh 94 ball

Musobaqada sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritgan yuqorida nomlari keltirilgan talabalar homiylarni jalb qilgan holda kitoblar va moddiy rag’batlantirish bilan taqdirlandilar. Bunday musobaqalar yil bo’yi har oy davomida o’tkazib kelinadi. Bu esa talabalarning qo’shimcha rag’batlantirish va fanlarni puxta o’zlashtirishga yanada qiziqishini orttirib, qo’shimcha mativatsiya beradi.
Yusufxon Shodiyev
“Hidoya” o’rta maxsusislom ta’lim muassasasi Qur’oni karim va tajvid fani o’qituvchisi