Яратилиш санаси 02.11.2021

Payg’amov Niyozbek “oktyabr oyi kitobxoni”

O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2020 – 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab quvvatlash milliy dasturi hamda “Yoshlar bo’sh vaqtini kitob bilan band qilish” maqsadida bilim yurtida barcha talabalar o’rtasida “OY KITOBXONI” tanlovi o’tkazildi. 

Musobaqa shartiga ko’ra oktyabr oyi davomida har kuni darslikdan tashqari qo’shimcha tarzda belgilangan miqdorda arabiy kitob o’qish kerak edi.

Bu shartlarni to’liq tarzda Nishonov Ubaydulloh, Ellikboyev Xusanboy, Ahmadjonov Oyatulloh, Payg’amov Niyozbek, Umarov Abdulhapiz va Mamajonov Musoxonlar bajarishdi. 

Shular ichidan Payg’amov Niyozbek musobaqa shartiga ko’ra hammadan avval belgilangan vazifani bajarib g’oliblikni qo’lga kiritdi. 

Bilim yurti rahbariyati va ustozlar 46-guruh 2-kurs talabasi Payg’amov Niyozbekni bu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi hamda kelgusi o’qish va ishlarida ulkan zafarlar tilaydi. 

Musobaqa yuqori o’ntalik o’rin quyidagicha: 

1. Payg’amov Niyozbek 2-kurs 46-guruh talabasi

2. Ahmadjonov Oyatulloh 2-kurs 45-guruh talabasi

3. Umarov Abdulhapiz 1-kurs 49-guruh talabasi

4. Mamajonov Musoxon 1-kurs 50-guruh talabasi

5. Ellikboyev Xusanboy 3-kurs 44-guruh talabasi

6. Nishonov Ubaydulloh 3-kurs 44-guruh talabasi

7. Abdurahmonov No’monxon 3-kurs 42-guruh talabasi

8. Jabaraliyev Sardorbek 2-kurs 45-guruh talabasi

9. Muhammadaliyev Ilyosbek 2-kurs 46-guruh talabasi

10. Vahobov Asrorjon 2-kurs 46-guruh talabasi

G’olib bilim yurti tomonidan maxsus sovg’a bilan taqdirlanadi. Biz barchani savodsizlikni ketkazuvchi kitob o’qishga oshno bo’lishga chorlaymiz. Musobaqa noyabr oyida ham davom etadi. 

Muhammadali KATTABOEV
Bilim axborot – resurs markazi mudiri

 Yusufxon Shodiev
Bilim yurti o’qituvchisi

Изоҳ қолдириш

Изоҳлар