JANNATGA ELTUVCHI YO`L
Barchamizga malumki bizni dunyoga kelishimizga va shu kunlargacha yetib kelishimizga sababchi bo`lgan zotlar- ota va onamizdir. Agarda chuqur o`yga toladigan bo`lsak ular bizning yer yuzidagi tirik jannatimizdir chunki ularning bizni haqqimizga qilgan duolari ijobatdir shunday ekan ularni xizmatlarini qilish xar bir farzandning bo`ynidagi burchidir. Bu o`rinda bir savol tug`uladi, biz o`sha jannat sari qadam tashlayapmizmi, agar qadam tashlayotgan bo`lsak qanchalik darajada harakat qilayapmiz? Bu savol bizni o`ylantirib qo`yishi tabiiy. Sababi biz farzandlar ularni roziligi uchun qilgan amallarimiz farzandimizga qilgan sa`yi- harakatimizdan bir muncha oz.
Shunday ekan keling birodarim bugundan boshlab ularni hushnudi mamnun etmoqqa birgalikda bel bog`laylik va shu bilan oxiratlarimiz uchun chiroyli sarmoya qilylik. Buning uchun ko`p narsa talab qilinmaydi ulardan shirin so`zimizni ayamasligimiz, qanday bo`lsa ham hizmatlarini qilishimiz va ularni duolarini olishimiz kifoya qiladi.
Alloh taolo Isro surasining 23 oyatida «ROBBING FAQAT UNING O`ZIGAGINA IBODAT QILISHING VA OTA-ONAGA YAXSHILIK QILISHINGNI AMR ETDI. AGAR HUZURINGDA ULARNING BIRLARI YOKI IKKOVLARI HAM KEKSALIKKA YETSALAR, BAS ULARGA {UFF} DEMA, ULARGA OZOR BERMA VA ULARGA YAXSHI SO`Z AYT» deya bizlarga buyurmoqda etibor qiladigan bo`lsak “uff” degani.
Bu oyatdan ikki ma`noni tushunish mumkin bo`ladi.
1. Ota-onaga yomon so`z aytib, behurmat qilma, degani;
2. Ota onang oldida uff dema, chunki ular bolam qiyin axvolga tushubdi deya ozorlanadilar deganidir.
Agar ota-onamiz biz farzandlari uchun qanchalik mashaqqat bo`lsada uni yengib bizga mehr ko`rsatganlarini bilganimizda edi har dam ularni qo`llaridan o`pib yelkamizda ko`tarib yurgan bo`lar edik.
Shu o`rinda bir otaxonning boshlaridan o`tgan voqeani keltirib o`taman. Otaxon: “Qish kunlari, qor juda ham qalin yog`gan, havo ham anchagina sovuq. Chamasi Soat kechki 01:30 lar edi meni 8 yoshga kirgan eng kichik o`glim bor edi birdaniga uning xarorati oshib bezovta bo`la boshladi onasi va men unga malham berdik ammo unga darmon bo`lmay yanada bemorligi orta boshladi shu payt ko`zimga hech narsa ko`rinmay qoldi onasi esa: “uni doktorga olib boraylik deya dod solardi u paytlar avtomoshinalar sanoqli insonlarda bo`lar va ularni chaqirib kelishni ham imkoni yo`q edi. Shu payt bemorlikdan qiynalayotgan dilbandimni ko`rib hech narsaga qaramay uni dast ko`tardimu tuman markazidagi shifoxonaga qarab yura boshladim. Nihoyat u yerga yetib borib, farzandimni hamshiralarga ko`rsatdim ular esa kerakli muolajalarni qilib bolamni kasallikdan bir muncha xalos qilishdi va men ham ancha o`zimga keldim kasalxona koridorining bir chetidagi o`rindiqga borib o`tirib, ko`zimda jiqqa yosh bilan bolamni qaytarib bergan Allohga hamd va shukurlar aytib duo qilib bo`lib, yerga qarasam, ko`zim oyog`imga tushdi ne ko`z bilan qarayki oyog`imga hech narsa kiymay uydan bolamni olib chiqib kelavergan ekanman. Uning dard chekib turgan murga`kkina jonini o`ylab oyoq kiyimimni kiyishni ham unutibman. O`sha paytda otamni qadrlariga yetmaganim uchun ming pushaymonlar qildim, ex qaniydi xozir otam bo`lsalar ularni hizmatlarini qilgan bo`lardim ammo endi kech bo`ldi” deya sozlab bergan edilar. Qani aytingchi bizni ota onamiz biroz dard chekadigan bo`lsalar biz nima qilayapmiz ularni sog`liklarini o`ylab, oyoqyalang ko`chaga chiqib ketadigan darajada dardlariga malham bo`la olyapmizmi? Agar shunday bo`lsa bilingki siz baxtlisiz chunki siz ota-onangizni juda yaxshi ko`rasiz.
Allohim barchalarimizni ota-onalarimizga ana shunday xizmat qilib qolmoqligimizni nasib etsin.
Aqilxonov Saidolimxon