Яратилиш санаси 10.11.2021

Ellikboyev Xusanxon oktyabr oyida eng ko’p kitob o’qidi

Sir emaski kitob inson ma’naviyatini yuksaltiruvchi eng katta omildir. Shu sababli doimo mutolaa bilan mashg’ul bo’lish kishida ulkan foydalar sari yo’l ochadi. Natijada fikri teranlashadi, dunyoqarashi kengayadi. Bunga davlat siyosati darajasida bo’lgan e’tibor, inson zavqini yanada oshiradi.

Prezidentimizning “Yoshlarni kitob bilan hamnafas bo’lib yashashi” ga undashlari kelajak sari qo’yilgan muhim qadamdir. Ana shularni inobatga olib, yoshlarni bo’sh vaqtidan unumli foydalanish maqsadida “Hidoya” islom bilim yurtida oktyabr oyida arab tilidan darslikdan tashqari qo’shimcha kitob o’qish musobaqasi tashkillashtirildi. Musobaqada hech qanday qiyin shartlar qo’yilmadi. Balki, ko’proq kitob o’qishlikka undaldi.

Bunda 1-kursdan 4-kursgacha hamma talabalar bu vazifani bajara olishi asosiy maqsad qilib qo’yildi. Yana bu xolat barchani birdek qamrab olishga ham xizmat qiladi. Buning foydali jihati – lug’at boyligi ko’payadi, arabiy so’zlarni talaffuzi yengillashadi, kitob o’qishga qiziqishni oshiradi, mutolaa qilish malakasi xosil bo’lishi kabi bir nechta manfaatlari bor. Bu jihat o’z samarasini berib, 1-kurs talabalaridan ham ko’plari munosib tarzda ishtirok etishdi.

Musobaqa shartiga ko’ra, oson bo’lishi uchun qancha miqdorda o’qishi oldindan belgilab berilgan bo’lib, ayrim talabalar qo’shimcha ko’proq kitob o’qishdi. Biz o’quvchilarni bu mehnatini qadrlab, ularni ham noan’anaviy tazrda hisobga kiritib, taqdirlashni lozim topdikki, toki boshqalar ham yuqoriga qarab intilsin.

Demak, umumiy natijalarni hisoblaganda bilim yurti 3-kurs 44-guruh talabasi Ellikboyev Xusanxon oktyabr oyida 594 bet kitobni qo’shimcha tarzda o’qib tugatib, eng ko’p bet kitob mutolaa qilgan talaba bo’ldi.

Bu borada kuchli uchlik quyidagicha:

1. Ellikboyev Xusanxon 3-kurs 44-guruh – 594 bet;

2. Jabaraliyev Sardorbek 2-kurs 45-guruh – 462 bet;

3. Umarov Abdulxafiz 1-kurs 49-guruh – 416 bet.

Guruhlar kesimida hisoblaganda esa eng ko’p ishtirokchi 2-kurs 45-guruh talabalari bo’lib, bu borada peshqadamlikni qo’lga kiritishdi. G’olib bilim yurti tomonidan maqtov yorlig’i va sovg’a bilan taqdirlanadi. Musobaqa har oy tashkil etilib, yil davomida g’oliblar aniqlab boriladi va yil oxirida umumiy g’olib nomi e’lon qilinadi.

Muhammadali KATTABOEV
Bilim axborot – resurs markazi mudiri

 Yusufxon Shodiev
Bilim yurti o’qituvchisi