Яратилиш санаси 17.11.2021

"Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik-jamiyat barqarorligi garovi"

Bugun “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurtida Xalqaro diniy bag‘rikenglik kuni munosabati "Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik-jamiyat barqarorligi garovi"  mavzusida ilmiy-amaliy konferentsiya o‘tkazildi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimligi kotibiyat mudiri Abdurazzaqov Murodxon, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati bosh imom xatibi Abdulhay domla Tursunov,  “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurti o‘qituvchi va talabalari, Namangan Davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, tarix fanlar nomzodi dotsent Nizomjon G‘ofurov, Namangan viloyat rus provaslav cherkovi starotsasi Dadajanova Nadejda Ivanovna, Namangan viloyat Tojik milliy madaniy markazi raxbari Abdusattor G‘ofurov, Namangan viloyat rus milliy  madaniy markazi raxbari Valodin Andrey Yakolovich, Viloyat madaniyat boshqarmasi raxbarlari va boshqa din vakillari ishtirok etdilar. 

Tadbirni Namangan viloyati hokimligi kotibiyat mudiri Murodxon Abdurazzaqov ochdi va olib bordi. Tadbirida so‘z olgan barcha notiqlar Namangan viloyati hokimligi kotibiyat mudiri Abdurazzaqov Murodxon, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati bosh imom xatibi Abdulhay domla Tursunov, Namangan Davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, tarix fanlar nomzodi dotsent Nizomjon G‘ofurov, Namangan viloyat rus provaslav cherkovi starotsasi Dadajanova Nadejda Ivanovna, Namangan viloyat Tojik milliy madaniy markazi rahbari Abdusattor G‘ofurovlar o‘z so‘zida jamiyat taraqqiyoti va farovonligi millatlararo, dinlararo o‘zaro bag‘rikenglik va totuvlik hamisha muhim ahamiyat kasb etishi. Yaratganga ming shukrkim, mustaqil o‘lkamiz – O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari turli dinlarga e’tiqod qiluvchi xalqlar bo‘lib, ular tinch-omon, ahil-inoq yashab kelmoqdalar. Ana shu ezgulik va tinchlik-osoyishtalik omili bo‘lgan diniy bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlash va rivojlantirishga diyorimizda alohida ehtibor qaratib kelinmoqda.

Tarix shohidki, Islom dini insoniyatga diniy bag‘rikenglik, muruvvat, adolat, rahm-shafqat va xalqlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, ahillik olib kelgan yagona diniy nizom bo‘ldi. Diniy bag‘rikenglik xilma-xil diniy e’tiqodda bo‘lgan kishilarning olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yo‘lida xizmat qilishini anglatadi. Hozirda bu g‘oya ezgulik yo‘lida nafaqat dindorlar, balki jamiyatning barcha a’zolari hamkorligini nazarda tutadi. Diniy bag‘rikenglik tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ozod va obod vatan qurishning muhim shartidir”,  deb ta’kidlab o‘tishdi. Yig‘ilish so‘ngida talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar va qiziqtirgan  savollariga javoblar oldilar.

Shuningdek 15.16.2021 kuni “16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan “Jamiyatda diniy bag‘rikenglikni ta’minlashning asosiy  tamoyillari”  mavzusidagi ilmiy-amaliy onlayn videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda bilim yurti 3-kurs talabasi Abdurashidov Abduvahob o‘zining  “Diniy bag‘rikenglik - azaliy fazilat” mavzusidagi maqola va video roligi bilan ishtirok etdi.

Bilim yurti matbuot xizmati