Яратилиш санаси 30.11.2021

“Fan oyligi g’oliblari mukofotlandi”

Barchaga ma’lumki bilim yurtlarda har oyda rejada tasdiqlangan fanlardan fan oyliklari o’tkazilib kelinadi. Anashu an’anani davom ettirgan holda “Hidoya” o’rta maxsus islom bilim yurtida noyabr oyi “fiqh va usulul fiqh” fanlari oyligi deb e’lon qilingan edi.

Shunga muvofiq bu oyda belgilangan fanlardan davra suhbati, kitob ko’rgazmasi va ochiq darslar tashkil etildi. Ushbu fanlarga talabalar qiziqishini yanada oshirish uchun fiqh fanidan “Muxtasarul viqoya” kitobidan tahorat bobini yodlash bo’yicha musobaqa tashkillashtirildi. Bunda 1-kursdan to 4-kursgacha hamma ishtirok eta olishi inobatga olindi.

Shartga ko’ra ishtirokchi talaba bir martada hammasini to’liq yodlab berishi kerak bo’lardi. Yakunda ushbu shartni bajargan ikki nafar talaba sovrinli o’rinni egalladilar. Bular:

1-o’rin. 2-kurs, 45-guruh talabasi Mahmudov Islomjon No’monjon o’g’li jami 98 ball.

2-o’rin. 3-kurs, 42-guruh talabasi Raximov Bilolxon Fozilxon o’g’li jami 90 ball.

Sovrindor bo’lgan talabalar bilim yurti tomonidan kitob bilan taqdirlandilar. Bu musobaqaning birinchi bosqichi edi. Ikkinchi bosqish esa dekabr oyidan davom ettiriladi. Barcha talabalarni unda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz. Zero, yaxshilik yo’lida musobaqalashish-targ’ib qilingan ishlardan hisoblanadi.

Yusufxon Shodiev

“Hidoya” o’rta maxsus islom
bilim yurti o’qituvchisi