Яратилиш санаси 01.12.2021

Давра суҳбати

Joriy yil 1 dekabr kuni Bilim yurtida Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Inauguratsiya marosimida so‘zlagan nutqi” (qasamyodlari) ni o‘rganish maqsadida tadbir o‘tkazildi. Unda o‘qituvchi va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirni bilim yurti ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha mudir o‘rinbosari Rivojiddin Nasritinov  ochib, bugungi tashkil etilgan tadbirni  maqsadi va mazmun mohiyati haqida so‘z yuritib, Inauguratsiya marosimida so‘zlagan nutqlarini video shaklida qo‘yib berildi.

Tadbir so‘ngida R.Nasritdinov ishtirokchilarga Shavkat  Miromonovich Mirziyoyevning “Inauguratsiya marosimida so‘zlagan nutqi” (qasamyodlari)da asosiy e’tibor qilingan jixatlardan mana shu kelajak besh yillikdagi amalga oshiradigan jamiyatimizning barcha sohalarini qamrab olgan ustuvor yo‘nalishlar belgilangan bo‘lsa, bunda avvalo inson qadri masalasi ko‘tarildi. Bunda inson qadri baland parvoz gaplardan iborat bo‘lib qolmasligi kerak. Balki har bir insonning hayotiga iqtisodiy yoki xavfsiz xatarsiz yashashida, ta’lim olishida tibbiyot sohasida, ularni ekologik muhofaza qilish sohasida kirib borishi kerakligi davlatimiz rahbari tomonidan aytib o‘tildi.

Shu o‘rinda taraqqiyot strategiyasi belgilab berildi, bu ettita yo‘nalishdan iborat bo‘lib, jamiyatimizdagi har bir insonni barcha sohadagi faoliayatlarini o‘z ichiga oladigan 7 ta yo‘nalish. Mana shu yo‘nalishlarni biridan ta’lim sohasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak 4-yo‘nalishimiz bu asosan “adolatli ijtimoiy siyosat va ta’lim tarbiya” masalalariga e’tibor qaratilganligi va bu borada davlatimiz rahbari 3-renessans asosiy poydevori bu zamonaviy ilm zamonaviy tarbiya ekanligini ta’kidlab o‘tdilar.

Bilim yurti matbuot xizmati