“8-dekabr O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun”
Bilim yurtining 2021-2022 o‘quv yilida “Umuminsoniy va milliy qadriyatlarni, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va siyosiy islohotlar mohiyatini targ‘ib etish bo‘yicha turli soha vakillarini talabalar bilan uchrashuvlarni tashkil etish rejasi” ga muvofiq hamda O‘zbekiton Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi bayrami munosabati bilan tuzilgan rejaga muvofiq joriy yil 7 dekabr kuni “Qonun ustuvorligini ta’minlash va inson manfaatlarini himoya qilish – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovidir” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tashkil etilgan davra suhbatiga Namangan muxandislik va texnologiya instituti kimyoviy texnologiya fakulteti Tyutori Holmirzayev Alisher taklif etildi.
Suhbatni bilim yurti ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha mudir o‘rinbosari Rivojiddin Nasritdinov ochdi va ishtirokchilarga tashkil etilgan davra suhbatiga taklif etilgan mehmon bilan tanishtirdi va kun tartibidagi masala yuzasidan batafsil ma’lumot berish uchun so‘zi mehmonga berdi.
Notiq o‘z so‘zida ishtirokchilarga “Qonun ustuvorligini ta’minlash va inson manfaatlarini himoya qilish – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovidir” yuzasidan to‘xtalib, batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan mazmunli javoblar oldilar.
Bilim yurti matbuot xizmati