Яратилиш санаси 06.01.2022

Katta jamoa – ahli sunnaning belgisi - 2

Ushbu masalalar ahli sunnaning belgisi ekani, ularga ishonmaganlar esa ahli sunnadan emasligi ta’kidlangan.

Katta jamoa – ahli sunnaning belgisi quyidagilardan iborat:

أن يعلم أن الإيمان على الجارحتين أيْ القلب واللسان

Qirq ikkinchi: imonning ikki a’zo, ya’ni qalb va til bilan bo‘lishini bilish.

Mo‘min kishi imon keltirish insonning ikki a’zosi, ya’ni qalbi va tiliga vojib bo‘lishini bilishi lozim. Soqov hamda tilsiz kishilar bundan mustasno.
Imon keltirishda qalbsiz til hech qanday holatda foyda bermaydi.

Iymon – Alloh taoloning yagonaligini qalb bilan tanish hamda unga til bilan iqror bo‘lishdir. Mana shu narsa imon keltirishning asosi hisoblanadi.

Kim tili bilan iqror bo‘lsayu, qalbi bilan tasdiqlamasa, munofiq bo‘ladi. Kim Alloh taoloni qalbi bilan tanisayu, tili bilan iqror bo‘lmasa, Alloh taologa kofir bo‘ladi.

Bilingki, iymon – til bilan iqror bo‘lish hamda qalb bilan tasdiqlashdir.

Ushbu dalillar oqil inson uchun kifoya qiladi.

Olimxon Isaqov

“Hidoya” o'rta maxsus
islom bilim yurti o'qituvchisi