Яратилиш санаси 28.01.2022

Otaga qanday munosabatda bo'lish lozim!

Erta tongda bir piyola choy ustida ustozim Ismoiljon domlaning otangizga qanday munosabatda bo'lasiz degan so'zlari yodimga tushdi va qog'ozga tushurishni niyat qildim.

Otaga munosabat qanday bo'lishi kerakligini oyatlardan va hadisi shariflardan o'qiganman lekin qanday muomila qilaman?!

O'ylab qoldim o'qigan, bilgan narsalarimni amalda bajaramanmi?

Ustozimdan so'radim: Ustoz Olloh taolo oyatida "ووصينا الانسان بوالديه احسانا" ya'ni "Insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni buyurdik" degan ma'nodagi oyatlari ko'p ustoz menga o'rgating ularga eng yaxshi munosabatim qanday bo'lishini" - dedim.

Ustoz: Ota onadan ko'ra tortinchoq bo'ladi birinchi navbatda otangiz sizning pushti panohingiz, qolaversa otalar yoshlari katta bo'lsa zaiflik mingan holida bir narsa so'rashga iymanadi, siz qarang kiyimlariga agar eski bo'lsa so'ramay yangilang.Yana qarang  cho'ntagida pul yo'q bo'lsa asta bildirmay solib qo'ying. Ularni oilangiz oldida hurmatini joyiga qo'ying chunki xotin eri ota-onasini qattiq hurmatlayotgnini ko'rsa hargiz ularni behurmat qilmaydi, farzandlaringiz ham bu muolmilangizni ko'radi va sizga ham ertaga shu muomilani qiladi bu aniq. Yana qarang otangizni oldida ham  yonida ham yurmang sal ortlarida yuring bu bilan otangiz odamlar oldida oilada boshliqday yuradi  bu faxrdir. Odamlar  sizdan otangiz oldida bir fikr so'rasalar otangizga bir boqib qo'ying bu ham faxr. Biror yutuqqa erishsangiz otangizni ismini qo'shing. Doim uydan chiqishingizda ota-onangizdan duo oling va kelganingizda salomlashing" - dedilar.

Ha juda chiroyli o'gitlar men amal qilishni boshladim siz ham urunib ko'ring do'stim!

To’ychiyev Inomjon

“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti mudarrisi