Яратилиш санаси 07.02.2022

Mahmudov Islomjon va Ellikboev Xusanxon YANVAR OYI kitobxoni

Kitob mutolaasi haqida gap ketganda eng avvalo insonga keltiradigan foydalar xisobga olinadi. Negaki insonning qiziqishi ham ko’pincha shunga bog’liq bo’ladi. U ruhiy ozuqa bo’libgina qolmay, balki jamiyatdagi o’rnini ham belgilaydi. Savodli inson doimo oddiy insondan bir qadam olg’a qadam tashlaydi. Bilim yurtida kitobxonlik bu oyda davom etdi.

Yanvar oyida har kuni belgilangan vazifani bajarish bo’yicha umumiy qatnashuvchi talabalar soni o’nbir nafarni tashkil etdi. Bu oyda qo’shimcha arabiy kitobdan o’n betni o’qish belgilangan edi. Bu shartni to’liq  bajarishga Mahmudov Islomjon, Soyibjonov Abdujalil va Ellikboev Xusanxonlar muvaffaq bo’ilshdi. Uni 45-guruh 2-kurs talabasi Mahmudov Islomxon No’’monjon o’g’li birinchilardan bo’lib bajarib g’oliblikni qo’lga kiritdi. Bu yo’nalishda kuchli beshlik quyidagicha:

  1. Mahmudov Islomxon No’monjon o’g’li 2-kurs 45-guruh
  2. Soyibjonov Abdujalil 2-kurs 47-guruh
  3. Ellikboev Xusanxon 3-kurs 44-guruh
  4. Mamajonov Musoxon 1-kurs 48-guruh
  5. Abduraxmonov No‘‘monxon 3-kurs 42-guruh


Qolaversa, eng ko’p kitob mutolaa qilish musobaqasi ham juda murosasiz tarzda o’tib, unda birinchi kursdan tortib to to’rtinchi kursgacha ko’plab talabalar ishtirok etishdi. Unda Ellikboev Xusanxon hammadan ko’p kitob mutolaa qilib, bu borada g’oliblikni qo’lga kiritdi. Bu yo’nalishda kuchli beshlik quyidagicha:

  1. Ellikboev Xusanxon 3-kurs 44-guruh
  2. Soyibjonov Abdujalil 2-kurs 47-guruh
  3. Mahmudov Islomxon No’’monjon o’g’li 2-kurs 45-guruh
  4. Nishonov Ubaydullox 3-kurs 44-guruh
  5. Axmadjonov Nuriddin 2-kurs 45-guru


Har ikki yo’nalishda g’olib bo’lgan barcha talabalar bilim yurti rahbariyati tomonidan moddiy mukofot bilan taqdirlandilar. Biz barchani ushbu musobaqada yanada faol bo’lishga chorlaymiz. Musobaqa o’quv yili yakuniga qadar davom etadi. Yil yakunida umumiy xisoblanib g’olib e’lon qilinadi. G’olib bo’lish uchun hammada imkoniyat mavjud. Shunday ekan fursatni qo’ldan boy bermang!!!  

Yusufxon Shodiev

“Hidoya” o’rta maxsus islom
bilim yurti o’qituvchisi