Яратилиш санаси 07.02.2022

Fiqh tanlovi g’olibi mukofotlandi

Barchaga ma’lumki bilim yurtida har oyda rejada tasdiqlangan fanlardan tanlovlar o’tkazilib kelinadi. Anashu an’anani davom ettirgan holda “Hidoya” o’rta maxsus islom bilim yurtida dekabr va yanvar “fiqh” fanidan “poklik” va “namoz” kitoblarini yodlash e’lon qilingan edi. Bunda 1-kursdan to 4-kursgacha hamma ishtirok eta olishi inobatga olindi. Shartga ko’ra ishtirokchi talaba bir martada hammasini to’liq yodlab berishi kerak bo’lardi. Bu shartni aytilgan muddat ichida bajargan 2-kurs 45-guruh talabasi Mahmudov Islomjon No’’monjon o’g’li g’oliblikni qo’lga kiritdi.

G’olib bo’lgan talaba bilim yurti tomonidan Mulla Aliyyul Qorining “Fathul bobil inoya” kitobi bilan taqdirlandi. Sovrinni bilim yurti mudiri A. Bobamirzaev jamoatchilik oldida I. Mahmudovga topshirdi. 

Bu musobaqaning ikkinchi bosqichi edi. Uchinchi bosqish esa mart oyidan davom ettiriladi. Unda yanada qimmatbaho sovrin qo’yiladi. Barcha talabalarni unda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz. Zero, yaxshilik yo’lida musobaqalashish-targ’ib qilingan ishlardan hisoblanadi. 

Yusufxon Shodiev 

“Hidoya” o’rta maxsus islom
bilim yurti o’qituvchisi