Ijtimoiy tarmoqlarning xatarlari
Barchamizga ma'lumki hozirgi vaqtda barcha sohalar qatori Internet va ijtimoiy tarmoqlar sohasi ham juda yuqori darajada rivojlanib bormoqda. Ular insoniyat hayotiga juda tez suratda kirib kelmoqda. Deyarli barcha insonlar Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanib kelishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarning foydali tomonlari bo'lgani kabi salbiy tomonlari ham juda ko'p uchraydi. Ulardan hozirgi kundan juda ham rivojlanib borayotganlari haqida so'z yuritsak. Hozirgi kunda Internet olamida bir musulmon boshqa bir musulmonning ustidan masxara qilish va uning ayblarini boshqalarga oshkor qilish holatlari ko'payib bormoqda.Islom dini sof va mukammal dindir unda bir musulmon boshqa musulmonning aybini ochishi va masxara qilish juda katta gunoh hisoblanadi. Bu haqda Alloh Taolo Qur'oni Karimning Hujurot surasida shunday marhamat qiladi:
"Ey, mo'minlar, ko'p gumon(lar)dan chetlaninglar! Chunki ba'zi gumon(lar) gunohdir! (O'zgalar aybini qidirib) josuslik qilmanglar va biringiz biringizni g'iybat qilmasin! Sizlardan biror kishi o'lgan birodarining go'shtini yeyishni xohlaydimi?! Uni yomon ko'rasiz-ku, axir! Allohdan qo'rqingiz! Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahmli zotdir".
Ibn Hajar Haytamiy shunday deganlar: "Odamlarni yashirin bo'lgan ishlarini qidirib yurishlik, Manashu Oyat ila xarom bo'ldi". Boshqa bir oyati karimada Alloh Taolo shunday deydi :
"Ey, mo'minlar, (sizlardan) bir qavm (boshqa) bir (mo'min) qavmni masxara qilmasin! Ehtimolki, (masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo'lsalar. Yana (Sizlardan) ayollar ham (boshqa) ayollarni (masxara qilmasinlar)! Ehtimolki, (masxara qilingan ayollar) ulardan yaxshiroq bo'lsalar. O'zlaringizni (bir-birlaringizni) mazax qilmanglar va bir-birlaringizni laqablar bilan atamanglar! Imondan keyin fosiqlik nomi naqadar yomondir! Kimki tavba qilmasa, bas, aynan o'shalar zolimlardir".
Imom Termiziy o'z sahihlarida keltiradilar: Payg'ambarimiz Sollallohu alayhi va sallam minbarga chiqib shunday dedilar : Ey hali iymon qalblarga kirmasdan faqat tili bilan iymon keltirganlar, musulmonlarga aziyat bermanglar, ularni avratlarini kuzatib, avratlarini ayblarini ochib uyaltirmanglar, kim bir musulmonning avratini fosh qilib uni uyaltirsa, Alloh Taolo uning avratini ochib sharmanda qiladi", dedilar.
Ibn Umar rodiallohu anhu kunlarni birida kabatullohga qarab aytaladilarki: "Naqadar Ulug'san, xurmating naqadar ulug' lekin bir musulmonni Allohning nazdidagi xurmati sening xurmatingdan balandroq". Dedilar.
Imom Abu Dovud Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda u zoti bobarakotdan kishilar:
“Ey, Allohning Rasuli, gʻiybat nima?” – deb soʻrashibdi. Rasuli Akram alayhissolatu vassalom:
“Birodaringni oʻziga yoqmagan narsa bilan eslashing”, debdilar. Shunda:
“Birodarimda men aytgan narsa boʻlsa-chi, bunga nima deysiz?” - deyishibdi. Paygʻambarimiz alayhissalom:
“Agar aytganing unda boʻlsa, gʻiybat qilgan boʻlasan, ammo boʻlmasa, boʻhton qilgan boʻlasan”, deb javob qilgan ekanlar.
Quyidagi Oyat va hadislardan ko'rinib turibdiki musulmon kishi boshqa bir musulmonning aybini topib uni fosh qilishi yoki uning masxara qilishligi joiz emas balki xarom ekanligi. Xattoki, bir musulmonning aybini topib uni oshkor qilib fosh qilishlik Allohning huzurida Kabaning buzishlikdanda og'irroq gunoh bo'lishiligi. Shuningdek Oxiratda ham giybatchilar jazosiz qolmaydilar. Rasuli Akram alayhissolatu vasallam: "Merojga chiqqanimda misdan bo'lgan tirnoqlar bilan yuzlarini, ko'ksilarini tirnayotgan bir qavmni oldidan o'tdim.
Men "Ey Jabroil ular kim" - deb so'radim.
U " Bular u dunyoda odamlarning go'shtini yeb obro'larini to'kganlar" - deb javob berdi. deya ko'rganlarini hikoya qilib berganlar.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hajjatul vado' da minbarga chiqib shunday marhamat qilganlar: " Bu kuningiz, bu oyingizda, shu yeringizda xarom bo'lganidek, sizlarni qonlaringiz, mollaringiz va obro'laringiz o'rtalaringizda bir-birlaringizga xaromdir".
Oʻylab koʻrilsa, oʻzaro nizolar va kelishmovchiliklar koʻproq bir-biridan yomon gumonda boʻlishdan ham kelib chiqadi. Yomon gumondan chetda boʻlish uchun doimo kishilar haqida yaxshi gumonda boʻlish, ular haqida yetgan xabarlarni yaxshilikka yoʻyish kerak.
Bu haqida hazrati Umar roziyallohu anhu: “Agar yaxshilikka burishning birorta yoʻli boʻlsa ham, moʻmin birodaringdan chiqqan soʻz haqida faqat yaxshi gumon qil”, degan ekanlar.
Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alayhissalom: “Zinhor va zinhor badgumon boʻlmanglar, chunki, badgumonlik soʻzning Eng yolgʻonidir”, deganlar. Boshqa bir hadisda esa: “Gar odamlarning aybini axtaradigan boʻlsang, ularni buzasan”, degan ekanlar.
Alloh Taolo Musulmonlarni bir birlariga birodardirlar deya marhamat qilgan ekan biz musulmonlar bir birimizning aybimizni berkitib uni tuzatishga harakat qilishligimiz lozimdir. Alloh Taolo Karim zotdir u bizlarni gapirmagan gapimizni nega gapirmading deya so'ramaydi balki gapirgan gapimizni nega gapirding deya so'raydi. Alloh o'zi va banda o'rtasidagi barcha gunohlarni kechirim yuborishi mumkin albatta U o'ta Rahmli va Kechirguvchidir lekin banda bilan banda o'rtasidagi muomalaga adolatlidir. Mo'min banda birodarining o'zgalarga zarari yetadigan aybini bilib uni yashirishi ulkan savobdir. Bu haqida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan quyidagi hadis rivoyat qilingan: Nabiy sollallohu alayhi va sallam " Biror banda dunyoda bir bandani(aybini) yashirsa, Alloh Taolo qiyomat kuni uni(aybini) yashiradi". Imom Muslim rivoyati.
Aybni yashirishdan maqsad shuki boshqalarga uning aybini aytmaslik va barchani ko'z o'ngidan e'lon qilmaslikdir. Qiyomat kuni inson qilgan barcha amallaridan so'raladi o'sha kunda Allohning oldida qanday javob berish haqida bir fikr yuriting siz bu dunyoda kimnidir sharmanda qilib hech narsaga erisha olmaysiz uning Allohning nazdidagi martabasi pasayib qolmaydi lekin Qiyomat kunida Alloh sizni shu ishingiz sababidan sharmanda qiladi.
Abdurahmanov No'monxon
“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti talabasi