Яратилиш санаси 16.02.2022

Kavsar hovuzi

Anas ibn Molik roziyallohu anhu shunday rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ozgina mudradilar. Keyin tabassum  qilgan holda boshlarini ko'tardilar.  

— Ey Allohning rasuli, nega kulyapsiz?— dedik.  

— Hozirgina menga oyat nozil bo'ldi, dedilar va Kavsar surasini oxirigacha o'qidilar,  so'ngra

— Kavsar nima ekanini bilasizlarmi? deya so'radilar.  

— Alloh va rasuli bilguvchiroqdir, dedik.  

— Kavsar bu ulug' va qudratli Robbim menga va'da etgan jannatdagi daryodir, unga  ko'p yaxshiliklar yog'iladi. Daryoning yonida hovuz bor. Qiyomat kunida ummatim u hovuz  atrofida to'planadi. Hovuzga (tegishli) idishlarning adadi osmondagi yulduzlar qadardir»  (Muslim rivoyati)

Kavsar hovuzi ulug' hurmatdir. Bu ulug' hurmat payg'ambarimiz Muhammad  sollallohu alayhi vasallamgagina tegishlidir.

Hovuzning tavsifi hadislarda batafsil izohlangan. Umidimiz,  Alloh taolo bizni bu dunyoda hovuz haqida xabardor qilish va oxiratda uning ta'mini totish bilan rizqlantirsin.  Bu hovuzning eng katta sifatlaridan biri undan ichgan odam hech qachon chanqamaydi.

Abdurahmanov No'monxon

“Hidoya” o'rta maxsus 
islom bilim yurti talabasi

Изоҳ қолдириш

Изоҳлар