“Mahmudov Islomjon va Soyibjonov Abdujalil FEVRAL OYI kitobxoni”
Kitob mutolaasi haqida gap ketganda eng avvalo insonga keltiradigan foydalar xisobga olinadi. Negaki insonning qiziqishi ham ko’pincha shunga bog’liq bo’ladi. U ruhiy ozuqa bo’libgina qolmay, balki jamiyatdagi o’rnini ham belgilaydi. Savodli inson doimo oddiy insondan bir qadam olg’a qadam tashlaydi. Shularni inobatga olgan holda bilim yurtida kitobxonlik tanlovi o’tkazilayotgan edi. Bu tanlov bu oyda ham davom etdi.
Fevral oyida har kuni belgilangan vazifani bajarish bo’yicha umumiy qatnashuvchi talabalar soni o’n ikki nafarni tashkil etdi. Bu oyda qo’shimcha arabiy kitobdan o’n bir betni o’qish belgilangan edi. Bu shartni to’liq uzluksiz bajarishga hech bir kishi muvaffaq bo’lmadi. Lekin 45-guruh 2-kurs talabasi Mahmudov Islomxon No’’monjon o’g’li qolganlardan ko’ra ko’proq natijaga erishgani uchun g’oliblikni qo’lga kiritdi. Bu yo’nalishda kuchli uchlik quyidagicha:
- Mahmudov Islomxon No’’monjon o’g’li 2-kurs 45-guruh
- Soliev Doniyorbek 2-kurs 46-guruh
- Jabaraliev Sardorbek 2-kurs 45-guruh
Qolaversa, eng ko’p kitob mutolaa qilish musobaqasi ham juda murosasiz tarzda o’tib, unda birinchi kursdan tortib to to’rtinchi kursgacha ko’plab talabalar ishtirok etishdi. Unda Soyibjonov Abdujalil hammadan ko’p kitob mutolaa qilib, bu borada g’oliblikni qo’lga kiritdi. Bu yo’nalishda kuchli uchlik quyidagicha:
- Soyibjonov Abdujalil 2-kurs 47-guruh
- Soliev Komiljon 3-kurs 43-guruh
- Mahmudov Islomxon No’’monjon o’g’li 2-kurs 45-guruh
Har ikki yo’nalishda g’olib bo’lgan barcha talabalar bilim yurti rahbariyati tomonidan moddiy mukofot bilan taqdirlanadilar. Biz barchani ushbu musobaqada yanada faol bo’lishga chorlaymiz. Musobaqa o’quv yili yakuniga qadar davom etadi. Yil yakunida umumiy xisoblanib g’olib e’lon qilinadi. G’olib bo’lish uchun hammada imkoniyat mavjud. Shunday ekan fursatni qo’ldan boy bermang!
Yusufxon Shodiev
“Hidoya” o’rta maxsus islom
bilim yurti o’qituvchisi