Яратилиш санаси 08.04.2022

“48-Guruh- mart oyining davomati eng intizomli guruhi”

Bilim yurtida ta’lim sifatini yanada oshirish, ichki tartib-intizomini yuqori darajaga olib chiqish va talabalar davomatini nazorat qilish maqsadida bilim yurti ma’naviy ishlar, o’quv bo’lim va uslubiy bo’lim tomonidan har oyda davomati yuqori bo’lgan guruhlarni rag’batlantirib mukofotlash ushbu oydan boshlab yo’lga qo’yildi. Unda asosiy e’tibor har kunlik davomat to’liq bo’lishi va oy davomida nechta talaba kelmaganiga qaratildi. Buni hisoblashda har bir kursning ustozlar tomonidan yuritilgan guruh jurnallari asos qilib olindi. Mart oyidagi umumiy hisob-kitoblarga ko’ra 1-kurs 48-guruh talabalari bu borada 12 ta guruh orasida g’olib bo’lib, eng intizomli guruh bo’ldilar. 

48-guruh mart oyidagi 22 o’qish kunidan 18 kunida talabalar davomati to’liq bo’lgan. Qolgan 4 kunda esa faqatgina 8 nafar talaba darslarda qatnashmagan. Ikkinchi o’rinni esa 45-guruh talabalari egallashdi. Ular 22 kundan 14 kun to’liq qatnashgan. Qolgan 8 kunda 9 nafar talaba qatnashmagan. Uchinchi o’rinni esa 46 guruh egalladi. Ular 6 kun to’liq qatnashishgan va 16 ta yo’q bo’lgan. Bu borada umumiy reyting qo’yidagicha: 

1. 48-guruh 1-kurs. Rahbari - Nuriddin Xoshimov 
2. 45-guruh 2-kurs. Rahbari – Yusufxon Shodiev 
3. 46-guruh 2-kurs. Rahbari – Olimxon Isaqov 
4. 47-guruh 2-kurs. Rahbari – Akramxon Ismoilov 
5. 39-guruh 4-kurs. Rahbari – Ibrohimjon Ahmadjonov 
6. 49-guruh 1-kurs. Rahbari – Fozilxon Axunjanov 
7. 40-guruh 4-kurs. Rahbari – Azimxon Abdullaev 
8. 50-guruh 1-kurs. Rahbari – A’zamxon Saminov 
9. 42-guruh 3-kurs. Rahbari – Safvatulloh Qayumov 
10. 44-guruh 3-kurs. Rahbari – Muzaffar Muhiddinov 
11. 41-guruh 4-kurs. Rahbari - Ismoilxon Ishanov 
12. 43-guruh 3-kurs. Rahbari – Alisher Anvarov 

Bu oyda g’olib bo’lgan Nuriddin domla boshchiligidagi 48-guruh va guruh rahbari Nuriddin domlaga bilim yurti tomonidan va ustozlar nomidan minnatdorchilik bildiramiz. G’olib guruh bilim yurti uslubiy bo’lim tomonidan moddiy rag’bat bilan mukofotlanadi. Qolgan guruhlarga ham bu borada namuna olishlarini so’rab qolamiz. 

Yusufxon Shodiev 
“Hidoya” o'rta maxsus islom
bilim yurti o’qituvchisi